Ollohga tavakkal qilar edim!!! Aynan shunday emasku shunga o`xshash voqea bo`lgan hayotimda.....
Ishxonmiz yaqinidagi masjidimiz qayta tamirlanishda edi. Shu sabab juma namoziga boshqa yerga boradigon bo`ldik. Tayyorlanib chiqdim, qarasam sheriklar bir moshina bo`lib boshqa yerga ketishibdi, o`yanib tursam bir aka jumagami deb qoldi, ha desam yurin men Gumbaz masjidiga ketyapman dedi, ozroq uzoq edi. Birga yo`lga otlandik, moshinada pulim do`konda qolib ketganini bildim. Shunda Ollohga tavvakkal dedimda, Namozni o`qib chiqdim. Sekin piyoda yo`l oldim 1 soatlik yo`l. ozgina yurganimdan keyin bir tanishim ham men borgan masjidga borgan ekan. Moshinada tanishlari bilan ketayotgan ekan meni ko`rib moshinadan tushib qoldi. so`rashdik, qayerga ketayotganimni so`radi, menda ishi ham bor ekan, do`konga ketayapman desam nega piyoda ketyapsiz deb so`radi, shunda men shu shoshganimdan pulim do`konda qolganini aytdim va o`sha tanishim bilan moshinada keldiim.