Sifat-The Adjective
Narsaning yoki predmetning xususiyatini, shaklini, holini bildirib, qanday yoki qanaqa savollariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi. Ingliz tilida sifat birlik yoki ko’plikka, jinsga, yoki kelishikka qarab o’zgarmaydi, ular har doim bir xil bo’ladi.
Sifat oddiy yoki yasama bo’lishi mumkin. Oddiy sifat tarkibida hech qanaqangi qo’shimcha yoki o’zgartirishlar bo’lmaydi. Masalan, red qizil, black qora va hk. Yasama sifat esa o’z tarkibida turli xil qo’shimchalarga ega.
Boshqa so’zlardan sifat yasaydigan suffikslar:
-ful: useful-foydali
-less: helpless-yordamsiz, yordamga muhtoj, useless befoyda, yaroqsiz
-ous: famous-mashhur, dangerous-xatarli
-al: formal-rasmiy, central-markaziy
-able, -ible: capable-qobil
Sifat yasaydigan prefikslar:
-un: unhappy-baxtsiz, unequal-tengsiz
-in: incomplete-tugallanmagan, indifferent-farqsiz, befarq
Bundan tashqari qo’shma sifatlar ham bo’lib, ular bir yoki bir nechta sifatlarning qo’shilmasidan yasaladi. Masalan, dark-blue to’q- ko’k, snow-white oppoq(qor kabi oq)