Rasulullohning (s.a.v.) qo‘shnilaridan Odiyy ibn Robia u kishining yonlariga kelib:
— Qani, gapir, sen qiyomat deb atayotgan kuning qachon keladi, qanaqa bo‘ladi, nimalar bo‘ladi? — deb so‘radi.
Payg‘ambar (s.a.v.) tushuntirdilar, u tingladi. Shundan keyin Odiyy bunday dedi:
Yo Muhammad, sening bu gaplaring g‘irt uydirmadir. Sen gapirayotgan narsalarni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rsam ham ishonmayman, tasdiqlamayman. Demak, Olloh bu tarqalib ketgan suyaklarni bir joyga yig‘adi, shundaymi?! Bu aqlga sig‘maydigan narsa, axir...
Rasululloh (s.a.v.) uni tashlab chiqib ketdilar.
— Ollohim, bu nodon qo‘shnilarim Odiyy ibn Robia va Axnas ibn Shariqqa qarshi meni kuchli, sabrli qil, —deya duo o‘qiy boshladilar.
Nabiyi Akram (s.a.v.) qaytib uylariga kelganlarida vahiyning isi u zotning vujudlarini qamrab ola boshladi. Qiyomat surasining ilk oyatlari pokiza qalblariga yozilar edi:
«Men qiyomat kuniga qasam ichurman. Va men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shakshubhasiz, qayta tirilib hisobkitob qilinursizlar)! Inson bizni uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to‘play olmas, deb gumon qilurmi?! Io‘q. Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir bo‘lgan Zotdirmiz! Balki inson kelgusi hayotida (ham) fisqfujur (gunoh amallarni) qilmoqni istab: «Qiyomat kuni qachon o‘zi?» deb so‘rar?! Bas, (ko‘rgan dahshatlaridan) ko‘z qamashib, (osmondagi) oy ham tutilgan holda, kuyosh va oy birlashtirilgan vaqtda — ana o‘sha Kunda u inson: «(Bu baloofatlardan) qaerga qochib qutulish mumkin?» deb qolur. Io‘q! (Ey inson, Ollohning g‘azabidan qochib qutuladigan) biron bopshana yo‘kdir! U Kunda yolg‘iz Parvardigoring (hukm qilgan joy)ga qaror topishgina bordir. U Kunda insonga (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni, yaxshiyomon amallarning) xabari berilur. Balki (u Kunda) inson — garchi o‘z uzrbaxonalarini (o‘rtaga) tashlasakeltirsada — (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!» (Qiyomat surasi, 1-15.)
Bu oyatlar mushriklarga o‘qib berilganida, ular bu teran ma’noli, sermazmun kalomni tushunishni, hatto bu haqda bosh qotirishni ham istamadilar. Chunki bu to‘g‘rida qanchalik ko‘p o‘ylasalar, shunchalik ta’sirlanar, aqllari qabul etayotgan haqiqatdan qochib qutulishga joy topolmay qolar edilar.
Eng osoni — mutlaqo e’tibor bermaslik, tinglamaslik, «E, bore», deb qo‘l siltab ketish edi.
Ammo suyaklarning yig‘ilishi u yoqda tursin, barmoq uchlarining ham tasdiq etilishiga nima deysiz? Yuz yillar o‘tib, insonlarning barmoq uchlaridagi aql bovar qilmas sirlar yuzaga chiqqanida, hayratdan barmoqlarini tishlaydigan kunlar kelishi muqarrar. Bir insonning barmog‘i uchlaridagi izlarning boshqa bir insonda bo‘lmasligi... buni insoniyat tarixi davomida har bir inson uchun alohidaalohida tasdiq etgan Buyuk Qudrat, butun olamlarni yo‘kdan bor qilgan Qudrat, albatta, ularni ikkinchi marta qayta yaratishi, qayta xayot berishi muqarrardir.