3. Shayx Hibatulloh ibn Saloma «Nosix va mansux» risolalarida nasx oyatlari tartibini shunday belgilaganlar:
«Bilingki, Shariatimizda birinchi nasx namozda, ikkinchisi qiblada, keyin ro‘za, mushriklardan yuz o‘girish, jihod, ahli kitoblardan jizya olish, meros, johiliyat alomatlarini buzish ishlarida bo‘lgan».
Qur’on oyatlarini Qur’on bilan nasx qilish, sunnatni sunnat bilan nasx qilish borasida ulamolarda hech qanday ixtilof yo‘q. Ammo Qur’on oyatlarini sunnat bilan nasx qilinishi borasida jumhur ulamolari bilan Imom Shofiiy o‘rtalarida ixtilof mavjud.