Uqba ibn Omir (r.a.) aytadi: "Men eshitdimki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) minbarda
وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ
"œEy mo‘minlar, ular uchun imkoningiz boricha kuch jamlab qo‘yinglar"—
( Anfol, 60) degan oyatni o‘qib:
"Bilinglarki, albatta bu kuch — o‘q-yoydir", — dedilar". (Muslim)Anas ibn Molik (r.a.) aytadi: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:
"Robbim menga ato qilgan Kavsar jannatdagi bir daryodir". (Muslim, Ahmad)Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan oyatlarning tafsirini bayon qilib bergan sahih hadislar juda ko‘p rivoyat qilingan. Farz namozlarining besh vaqt ekanligi, rakatlarining soni, o‘qilish holatlari, zakotning miqdori, navlari va uni ado etish vaqti, hajning manosiklari, ramazonda saharlik va iftorlik vaqtlari, zinokorlarga beriladigan jazo usuli, merosxo‘rlarga vasiyat qilish qoidasi va boshqa ko‘pgina Islom ahkomlari Qur’onda ijmoliy keltirilgan bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni muborak hadislari bilan tafsir qilib, ravshanlashtirib berganlar. Ammo Tafsir kitoblarining ba’zisida Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga nisbat berilgan, aslida esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytmagan mavzu’ hadislar ham tafsir sifatida qo‘shilib ketgan. Masalan, Anas ibn Molik(r.a.) rivoyat qildi, deyilgan hadisda shunday ma’no bor: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan
ning ma’nosi so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
"Qintorning miqdori ming o‘qiyah", — dedilar".Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda esa:
"Rasululloh (s.a.v.): "Qintorning miqdori o‘n ikki ming o‘qiyah", — dedilar".Mazkur ikki hadisning birinchisi mavzu’ (yolg‘on) dir. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan miqdor bayonida bunchalik katta xato sodir etilishi mumkin emas. Ikkinchi, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadis boshqa hadislar bilan tasdiqlangan. Demak, mavzu’ hadisni paydo qiluvchilar ishonchli bo‘lsin uchun Anas ibn Molik (r.a.)ning nomidan foydalanishgan.