Yettinchi odob ulki, xotiniga namoz va ro‘za va hayz, nifos mas’alalarini va bundan o‘zga ham keraklik mas’alalarni yaxshilab o‘rgatgay. Agar eri o‘rgatmasa, xotinig‘a vojibdurki, yana birov qoshig‘a borib o‘rgang‘ay va agar eri o‘rgatmakdan taqsir qilsa, gunohkor bo‘lur.
Chunonchi, Haq taolo xabar berur:
«Yo, ayyuhal-lazina a’manu quv anfusakum va ahliykum noran». (At-tahrim, 6).
Oyatning tafsiri ulki: «Saqlanglar o‘zinglarni va xotinu farzandlaringizni do‘zax otashidan».
Bu miqdor mas’alani o‘rgatgayki, vaqtiki, oftob botmasdan ilgari hayz to‘xtagan bo‘lsa, namozi peshin va namozi digarning qazosini o‘tagay. Vaqtqtiki, oftob chiqmasdan ilgari hayzto‘xtagan bo‘lsa, namozi shom va namozi xuftonning qazosini o‘tagayki, aksar ayollar bu mas’alani bilmaslar.
Sakkizinchi odob ulki, ikki xotini bo‘lsa, bu ikkalasini hamma ishda barobar ko‘rgay. Xabarda kelibdurki, kimning ikki xotini bo‘lsa, hamma ishda barobar ko‘rmay, birini ziyoda ko‘rsa, qiyomat kuni bir tarafig‘a qiyshiqturar. Barobar tutmag‘onliq sababidan.
Nafaqa va kisvatda (kiyim, ust-bosh), kechalikda qoshig‘a qo‘nmokda tenglik vojibdur. Ammo yaxshi ko‘rish va muomalada vojib emasdurki, muhabbat ixtiyoriga tobe’ ermas.
Hazrati rasul alayhissalom har kecha azvoji mutahharotning biriga yaqinlik qilardilar va Oysha roziyallohu anhoni do‘stroq tutar erdilar va aytur erdilar, «Ey, bor Xudoyo, onchakim ixtiyorim tasarrufidagi ishda adl qilmoqni istarman. Ammo ko‘nglum ixtiyori menda emasdurki, o‘zing donosen».
Va kishikim, anga bir xotin kifoyat qilsa, yana xotin olmagay. Oltan bo‘lsa, uni zoe’ qilib, behuda bandga solmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom Savdo roziyallohu anhoningtalog‘ini bermakni xohish qildilar, yosh jihatdan azvoji mugahharotning kattarog‘i erdilar. Savdo roziyallohu anho arz qildiki, «Mani taloq qilmag‘aylar». Man o‘z navbatimni Oyshag‘a berdimki, to qiyomat kuni azvoji mutahharot zumrasida turg‘aymen». Bas, ani taloqqilmadilar. Ikki kecha Oysha roziyallohu anhoning uylarida yotar edilar. O’zgalarnikida bir kecha bo‘lar edilar.