Onajonim
Assalomu alaykum Birodaralar,
Youtube da ona haqida qoshiqlarni eshtib otirar ekanman Tohir Mahkamovni Manalogi yuragimga qattig botdi shuni sizlarga ham ilindim. Yaniki shu kunlarda dunyoni ishlari bilan bolib ONAJONLARIMIZI unutib qoymalik.
Tohir Mahkamov:
Siz bu qo’shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar bu qoshiq Shahriniso onamizga bag’shlab aytilyapdi. Ilohim joylari jannatda, ruhlari shod, ohiratlari obod bolsin. Bu yolgonchi dunyoda insonni bor yo’g’i ikki dona chin do’sti bolar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o’sha sizu bizni yorug’ dunyoga keltirgan zotlar aziz onalarimiz. Alloh sizu bizni ruhimizga parvona boladi. Onalarimizchi? Onalarimiz hali tug’ilmasimizdan to o’zlari qabrga ketgunlaricha boshimizda parvonalar. Ilohim o’tganlarini Allohim oz rahmatiga olgan bo’lsin, borlarini umirlarini ziyoda qilsin. Yahshi kunlarda qollarini duoga ochib turganliklarini korish sizu bizga kop yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor bu dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatniyam farqi bolar ekan. Ona farzandiga be minnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o’ssin! deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandning oqibati, omonat oqibat bolar ekan. Minnatli oqibat bo’lar ekan. Bugun bor ertaga koramanmi yoqmi? Ke endi ikki og’iz gapimni ayamay deb oqibat qilar ekanmiz. Bugun kelib ertaga ketguvchi mehmonga qiganday oqibat qilar ekanmiz. Agar sozlarimdan dilingiz ranjigan bo’lsa, shu sozlarni isbotini qabristonga borib koring. Hattoki osha qabr toshigayam jim jimador qilib, minnat bilan yozib qoyilgan Aziz farzandlaringizdan esdalik!!! Qarang hattoki, shu qabr toshiniyam minnat bilan qoyar ekanmiz. Uni biz qoydik deb qoyar ekanmiz. Aziz farzandlaringizdan esdalik!!! Dunyoni yolgonligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor yo’gi besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni esdaligimni nima keragi bor!!! Aziz farzandlaringizdan esdalik!!!
Gohida shu chin dostimiziyam qadriga yetamiz, gohida yoq. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketaman deb oylaymiz. Lekin bizni kelishimizni kutib otirgan onayi zor, keganimizni qadam tovushlarimizdan emas, yuraklari bilan sezadilar. Bir og’izgina bor yo’g’i bir og’izgina so’z aytadilar. Bolam keldingmi? Gohida manashu bir ogiz soz ham bizga ogir botib ketadi. Ha onajon keldim. Yosh bolamasmanku, uhlorsez bomedimi? diymiz. Ey azizlar osha onayi zor mangu uhlab qoganlaridan keyin, o’sha ona yotgan g’aribgina kulbani, g’aribgina derazasini tagidan ming marta u yoqqa o’ting, ming marta qaytib bu yoqqa o’ting, tongda o’ting, tunda o’ting qayta osha nido eshtilmas ekan. BOLAM KELDINGMI? Hovlimizni toldirib to’ylar qilamiz, kazoo kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizi ayamay tokib sochamiz, lekin ikkala kozimiz, ikkala qulogimiz, qalbimiz, vujudimiz, borligimiz osha derazaga tikilgan boladi. O’sha tanish chehra korinarmikan, osha nido qayta eshtilarmikan? BOLAM KELDINGMI? Taqdirni taqazosi bilan yillar o’tib, yana o’sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk Darvoza oldida tohtab qolamiz. Sababi oddiygina osha, topganimizi qo’sh qo’llab tutqazganimiz farzandlarimiz ham, jonimizdan ortiq suyganimiz suyukli yorlarimiz ham ONAYI zorlarimizchalik bizi yarim tunga qadar, tonga qadar kutib otirishga toqatlari yetmay uhlab qolar ekan. Ana o’shanda qalbimiz uyg’onib qoladi. Ana o’shanda vijdonimiz uyg’onib qoladi. Ana o’shanda qollari qadoq, mehribonimizni so’ginib, soginib ketamiz.
Kozimda yosh yelkamda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon,
Ona uzoq kuttirmayman kut,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Azobimga yelkangni tutding,
Dardlaringa topmadim imkon,
Meni o’ylab o’zni unutding,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Sen yo’q harob boldi osmonim,
Ko’ngil vayron, Yuragim vayron,
Ko’ksimdagi buyuk armonim,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko’nglim to’ldirar,
G’animim kunda o’ldirar,
Onajonim kelmadingiz!
To’y qildim dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog’inib yig’lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz!
Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko’p bagri tosh,
Diydor talab kozimda yosh,
Onajonim kelmadingiz!
Ruhsorlari qoyim Onam,
Armonlarga boyim Onam,
Sog’ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz!
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon.
Sog’indimku bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz!
Qabringizga boshin qoyib,
Tohir yig’lar bag’rin o’yib,
Bir erkalang desam suyib,
Onajonim kelmadingiz!
Shu so’zlari bilan oz sozlarini yakunlaydi Tohir Mahkamov.
Birodarlar Onalarimiz muqaddasdir. ularni avaylaylik. Agar ilimsizlik qilib nojoya post qoldirgan bo’lsam uzur sorayman.