(Forumlardan biriga bu she'rlarni qo'ygandim..Boshqa forumlarga ham hayrli narsalardan ilinib chiqishni niyat qildim..Takror bo'lsa uzr..Alloh manfaatli qilsin..)
"œKo’rgim kelayotir sizni tushimda.."Vujud tamom ila nomlandi hirsiy
Tobora g’ichirlar ostimda kursiy
Zuhddan dars bering Salmoni Forsiy
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Ko’ngil siltanmaydi ko’rsa ham tobut
Bu holda ertaga bo’laman nobud
Holimni izohlang Zayd ibn Sobit
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Tinmagay shayton deb tinmasdan sayra
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra
Kurashni o’rgating Abu Hurayra
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Ba’zan uyqu g’olib bobdod ham malol
O’rningdan tur debon yig’laydi hilol
Azonni his qilay o’rgating Bilol
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Zar qadrin biladir haqiqiy zargar
Solihlar dunyodan qildilar hazar
O’rgating asli ne taqvo Abu Zarr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qiyomat tonggida ne erur nasab
U kunda dars ketib portlagay asab
Dunyoga tupurish nedir ey Mus’ab
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Bevafo ko’ngildan charchadim noliy
Izladim Robbimni uzlatda holiy
Mardlikni o’rganay Hazrati Ali
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Vujudim titrasa o’qisam Qur’on
Ko’rganlar devona desinlar hayron
Bu holning siri ne ey shahid Usmon
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qop-qora kechalar bo’lsin yop-yorug’
Shayton hujumidan tamoman forig’
Adlni o’rgating Umar-ul Foruq
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Najot topgan qavm bo’ldilar shokir
Bunda yo’q na nifoq yo’q erur makr
Iymondan dars bering ey Abu Bakr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qalbimdan o’tganin biladi Alloh
Boshqasi kerakmas Allohim guvoh
Bir bora bo’lsa ham yo Rasullolloh
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
H.Hamidov.