Texnika asri özining salbiy jihatlarini mana shu örinlarda körsatmoqda. Bunga eng oddiy bir misolni olsak, masalan, ilgarigi yoshlar "Referat" yozishi kerak bölsa özlari bir necha adabiyotlardan foydalanib yozishgan. Bunda bilim miyyada qoladi, ham savodi ortadi. Hozirgi yoshlarni muallimining özi aytmoqdaki, "Kömpyuterdan, internetdan olinglar, agar özlaring yozsanglar qabul qilmayman!" Bola esa tayyorini chiqarib oladi. Natijada, ichidagi ma'lumot u yoqda tursin, sarlavhasini sörasangiz eslolmay qog'oziga qarab öqib beryapti. Savodni qayerdan olsin?!