Kumushbibi:
"Asalli tort"
Tayyorlash: Kichkina kostryulga 1 st shakar 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq asal, 200 gr margarin solib aralashtiriladi. Boshqa idishga yarmiga cha suv quyib olovga qo`ying. Qaynagandan so`ng ichiga birinchi idishni soling-da, masalliqni tinmay aralashtiring. Ichiga bir choy qoshiq soda soling. Masalliq miqdori ko`tarilib, 2-3 barobarga ko`payganda, bir stakan un solib, aralashtiring.xamir quyuqlashgandan so`g keyin idishni olovdan olib, yana uch stakan un qo`shib xamir qoring. Beshta kulcha yoyibpishiring. Pishgan kulchalar ustiga krem surtiladi.
"Medovid" tort
Masalliq: 200 gr asal, 6 ta tuxum, 300 gr margarin, 300 gr shakar, 2 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: Birinchi idishga 6 ta tuxum oqini tvarog xolatiga keltiramiz va shakar solib ko`pirtirganimizdan keyin tuxum sarig`ini solib yaxshilab aralashtiramiz.
Ikkinchi skavarotkaga asalni solib qizartiramiz va margarinni solib aralashtiramiz va ikkala idishdagi massalarni bir-biriga qo`shamiz va aralashtiramiz va soda solamiz. Keyin un qo`shib xamir qoramiz va uni 3-4 zuvalaga ajratib pishiramiz. Pishgandan so`ng oralariga krem surtamiz.
"Qo`qoncha medavid"
Masalliq: 350 gr shakar, 1 ta tuxum, 2,5 qoshiq soda, 400 gr qoaynoq suv, 2 osh qoshiq salat yog`i.
Tayyorlash: 1-idishga 350 gr shakar 1 ta tuxum chaqib aralashtirib qo`yamiz. 2-xamir: Idishga 2,5 qoshiq asal solib yaxshilab qizartiramiz. yaxshi qora qizil bo`lgandan so`ng 2 osh qoshiq soda solamiz va uni aralashtirib 1- xamir ustiga shakar to`kamiz. Uning ustiga 400 gr qaynoq suv qo`shamiz. Shakari erigach 2 osh qoshiq salat yog`i qo`shamiz(qattiq xam suyuq xam emas xamir qoramiz, xamirimiz biskvitdan qo`yiqroq, qoshiq turadigan) qilinadi.
Krem: 300 gr, qaymoq, 250 gr shakar, 1 chimdim vanili, keragicha sut.