Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 611282 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:25:13

685. Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) minbardan turib: "Allohim, Sen beraman desang, mone' bo'luvchi yo'q va Alloh msa yo'q. Dunyoda boy-likka erishgan kishilarga oxiratda boyligi foyda bermaydi. Alloh taolo kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib ko'yadi. Men bu so'zlarni Rasululloh (s.a.v.)dan mana shu yogoch minbar usgida eshitganman", dedi.

686-687-hadislar mazmunan yuqoridagi hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:25:21

688. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Eng ishonchli duo: "Allohim, meni Parvardigorimsan, men Sening bandangman, men o'z nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni e'tirof qilaman, gunohlarni faqat O'zing kechira olasan. Yo, Parvardigorim, mening gunohlarimni kechirgin", deyishdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:25:29

689.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, ishlarimning pokizasi bo'lgan dinimni salohiyatli qil, hayotim kechadigan dunyoimni isloh qil hamda men uchun o'limni barcha yomonlikdan (suyukli) rahmat qilgin", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:25:47

690. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) balolar mashaqqatidan, baxtsizlikning ta'qibqdan, shum taqdirdan va dushmanlarning kulgisidan panoh so'rar edilar".

Bu hadis roviylaridan biri Sufyon (r.a.): "Hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) uch narsadan panoh so'raganlar, deyilgandi. Men unga bitta qo'shib qo'ydim. Lekinu yuqoridagilardan qaysi biri ekanini aniqlay olmadim".Ismoil aytadilar: "Agar mendan: "Sufyon (r.a.) hadisni unutishga qanday jur'at qilgan?" - deb so'rasalar, Sufyon avval boshda hadisni yod olgan edi, vaqt o'tishi munosabati bilan unutib quygandir", deb javob bergan bo'lardim.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:26:35

691. Hz. Umar (r.a.) besh narsadan Allohdan panoh so'raganlarini rivoyat qildilar: tamballikdan, baxillikdan, yolg'izlikdan, qalb fitnasidan va qabr azobidan.

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan 692-hadis yuqoridagi hadis-ning takroridir. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 693-hadis ham yuqoridagi hadis kabidir.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:26:52

694. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning o'qib yurgan duolaridan biri ushbu edi: "Allohummag'firli ma qaddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a'lantu va ma anta a'lamu bihi minniy, innaka anta-l-muqaddam va-l-muaxxar, la ilaha illa anta".

Duoning mazmuni: Allohim, mening avvalgi va keyingi sirli va oshkora qilgan gunohlarimni mag'firat qilgin. Qaqiqatda Sen muqaddam, muahhar Zodan, o'zingdan o'zga hech qanday iloh yo'q!

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:27:33

695. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, men Sendan hidoyat, ofiyat va nafsi to'qlik so'rayman", deya duo qilardilar

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:27:46

696.  Samoma ibn Huzin (r.a.) aytdilar: "Men bir keksa kishining baland ovoz bilan: "Allohumma inni a'uzubika mina-sh-sharri la yaxlithu sha'un", deya nido qilayotganini eshitib: "Kim bu qariya?", deb so'radim. "U Abu Dardo", deb javob berishdi.

Duo mazmuni: Allohim, Sendan biror narsa aralashmagan holda yomonliklardan panoh so'rayman (t.).

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:28:15

697. Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, iflos libos kirdan tozalangani kabi meni ham muz, do'l va sovuq suv bilan poklagin!. Ey, Allohim, ey, Parvardigorim, ko'klarni va yerni to'ldirib, bundan boshqa Sen istagan barcha nar-salarni to'ldiradigan hamdu sano faqat o'zingga xosdir", der edilar.

Xofiz Ibn Taymiyadan: "Gunohlardan sovuq suv bilan qanday qilib poklaniladi?" deb so'ralganida shunday javob berdi: "Gunohlar qalbga tug'yon, nopoklik va zaiflik olib keladi. Zero, bular go'yo o'tin bo'lib yonadi; gunohlar ko'paygani sari qalb o'ti alangalanaveradi va qalbni zaiflashtiraveradi. Suv esa, nopoklikni ketkazadi va olovni o'chiradi. Agar suv muzdek bo'lsa, jismning salobatini, qat'iyatini kuchaytiradi va uni yanada mustahamligi oshadi hamda gunoharning asoratini ketkazadi".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:30:21

698.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p aytar edilar: "Allohim, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin va oxiratda ham yaxshilik ato et va bizni do'zax azobidan asragin".

Qayd etilgan