471
Abu Hanifa (r.a.) Osim ibn Burdadan rivoyat qiladi. Ibn Burda (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) ansordan bir jamoaning uylariga borib ziyorat etdilar. Ular Hazrati Payg‘ambarga bir qo‘y so‘yib, undan ovqat tayyorladilar.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) u go‘shtdan bir bo‘lak olib ancha chaynadilar, ammo luqmani yutolmadilar.
- Bu qanaqa go‘sht? - deb so‘radilar.
- Bu falon kishining qo‘yi edi. U kelgach, pulini berib, uni rozi qilamiz, - deyishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Uni asirlarga yediring, - dedilar».
Bir rivoyatda (Osim ibn Kulayb, u otasidan qilgan rivoyatda) Osim ibn Kulaybning otasi aytadi: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) ashobidan bir odam ovqat tayyorladi va Payg‘ambarni (s.a.v.) chaqirdi. Ul zot (s.a.v.) o‘sha sahobaning uyiga bordilar. Biz ham Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bordik va ovqatlanishga o‘tirdik. Taom keltirildi. Nabiy (s.a.v.) u taomdan bir go‘sht parchasi oldilar, uzoq payt chaynadilar. Ammo yeyolmasdan og‘izlaridan chiqardilar va taomdan qo‘llarini tortdilar. Rasulullohning (s.a.v.) bu hollarini ko‘rgach, biz ham yeyishdan to‘xtadik. Nabiy (s.a.v.) uy egasini chaqirib undan so‘radilar:
- Bu go‘sht qaerdan keldi? Menga gapirib ber.
234 Yo Rasululloh, - dedi uy egasi, - bu birodarimizning qo‘yi edi. Sotib olay desak o‘zi yonimizda yo‘q edi. Shoshilib turgan edik. So‘yib sizga taom pishirdik. Birodarimiz kelgach, qo‘yning pulini unga beramiz.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Ovqatni ko‘taring, uni asirlarga yediring, - deb amr etdilar.
Abdulvohid deydiki, men Abu Hanifaga (r.a.) aytdim:
- Bir odam egasi rozi bo‘lmagan molni olib uning foydasidan sadaqa beradi, deysiz. Buni qaerdan oldingiz?
- Osimning hadisidan oldim, - dedilar Abu Hanifa (r.a.).