261
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim aytdi: «Menga Madina ahlidan keksa bir kishi xabar berdi. U esa Zayd ibn Sobitdan rivoyat qildi. Zayd ibn Sobit hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) undan:
- Uylandingmi? - deb so‘radilar.
- Yo‘q, - deb javob berdi u.
- Uylangin, iffatli bo‘lgaysan (haromlardan saqlangaysan). Biroq besh ayolga uylanma: "Shahbara", "Nahbara", "Lahbara", "Habdara", "Lafut", - dedilar Rasuli akram (s.a.v.).
- Yo Rasululloh, bu aytganlaringizning birortasini bilmayman.
Rasuli akram aytdilar:
- Shabhara - yirik jussali, moviy ko‘zli ayol, nahbara - zaif (oriq - Tarj.), ingichka, uzun bo‘yli ayol, lahbara - shahvati yo‘q, yoshi o‘tgan ayol, habdara - bo‘yi qisqa yoqimsiz ayol, lafut - sendan boshqa (avvalgi) eridan bola ko‘rgan (tul) ayol».
Shayboniy aytadiki: "Abu Hanifa bu hadisni rivoyat etarkan, uzoq kuldi".