873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar. So‘ng: "œAgar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi", dedilar.
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu haqda so‘rashganida: "œAlloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif qilgan, ammo ular bosh tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga olgan vazifamni yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!" deb javob berdilar.
Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan.
Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: "œBiz Toifda ibn Abbos huzurida masjidda edik. Men, Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin mezanaga ko‘tarilib, "œAllohu akbar, Allohu akbar", deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.) shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib, ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: "œEy Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku, faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz", dedi. Ibn Abbos (r.a.): "œAgar odamlar muazzin nima deb aytayotganini bilganlarida edi, uxlamas, dam olmas edi", dedilar. "œBizga muazzin nima deganini bildiring", dedik. U zot "œMuazzinning "œAlloh akbar, Allohu akbar" degani, ey mashg‘ullar, to‘xtanglar, badanlarga dam beringlar va amallaringizning yaxshisiga kirishinglar, deganidir. Agar muazzin: "œAshhadu alla ilaha illallloh", desa, osmonlaru yerdagi barcha maxluqot qiyomat kunida sizlarni chaqirganim haqida Alloh huzurida men uchun guvohlik beradi, deb tushuninglar. "œAshhadu anna Muhammadar rosululloh", degani esa, qiyomat kuni barcha payg‘ambarlar va Muhammad (s.a.v.) men sizlarni har kuni besh marta namozga chaqirayotganimga guvohlik berishadi, deganidir. "œ Hayya ‘alassolah", degani, Alloh taolo bu dinni sizlarga qoim qildi, endi siz uni qoim qiling, deganidir. "œHayya ‘lal falah" deganda esa, rahmatda suzinglar va hidoyatdagi nasibangizni olinglar, degan ma’noni tushuninglar. "œAllohu akbar, Allohu akbar" degani, namozdan oldingi ishlar harom bo‘ldi", ma’nosidadir. "œLa-a ilaha illalloh" degani, yetti qat yer va yetti qavat osmon omonatini yelkalaringizga qo‘ydim, hohlasangiz kelinglar, hohlasanglar, burilib ketinglar" deganidir.