Rahmat Zaynabxon, sizni ham ro'yxatga qoshdim.
Shu o'rinda bir narsani aytib o'tishni joyiz, deb topdim. Balki bu tur birgalikda duo qilishlar bizda yangilik hisoblanishi mumkin, lekin men yashab turgan joyda oddiy hol. Masalan o'tgan hafta bir opaxon mendan Yosin o'qishimni iltimos qildi, men nimagaligini so'ramadim, u ham aytmadi, faqat o'qiyman va duo qilaman. Alloh niyyatlarimizni biladi, duo so'ralgan joyiga boradi.
Ya'ni bu bilan "mana men shuncha Yosin o'qidim" degan maqtanish, o'zimizni ko'rsatish fikri yo'q, Alloh saqlasin riyodan.
O'lganlarimizga Yosini Sharif o'qishi haqida mavzulardan birida aniq ma'lumotlar keltirildi Shayh Hazratlaridan.
Masalan mening vaqtimni ko'pi o'tyabdi forumda, nafsimni har ikki dunyomiz uchun foydali bo'ladigan ishlar uchun yo'nlantirish maqsadida bu tur mavzularga e'tiborni qaratyabman shaxsan.
Balki bu bahona Qur'on o'qishni bilmaganlar o'rganar, safimizga qo'shilish uchun, chunki biz musulmonlar o'zimida bo'lgan narsani boshqalariga ravo ko'rmaguncha haqiqiy musulmon bo'la olmaymiz.
Jum'a kuni inshalloh Yosin duosini o'qish bilan tugatamiz bu haftani. Hamma biladimi Yosin duosini?
Ilmli yigit qizlarimizdan Yosin duosini bu mavzuga kiritishlarini iltimos qilaman, oldindan rahmat...