Rasulullohni tarbiyalarini olish
Faraz qiling: biz bugungi kunda emas, saodat asriga, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam zamonlariga qaytib qolsak. Ul zotning tarbiyalari, nasihatlari kunimizga, ko’nglimizga ziyo ulashsa. Masalan, bir kuni sahar vaqti eshigimiz taqillasa va : "œFotima! Jon qizim, otam payg’ambar, deya ishonib qolma! Qiyomat kuni har kim o’z amalidan hisob beradi. Qani, turaqol bomdod namoziga", - degan hitob bilan uyg’onsaydik, o’rnimizdan turib, o’z-o’zimizni hisob qilar, buyuk hisob-kitob kuniga tayyorgarlik ko’rardik.
Yana bir kuni Oysha onamizni ziyoratlariga brogan singillari bo’lib qolsaydik, huddi hazrati Asmo kabi"¦ Oysha onamiz bilan o’zaro suhbatlashib o’tirganimizda, eshik qoqib, ichkariga Rasululloh sallallohu alayhi vassallam kirib kelsaydilar. Bizga ko’zlari tushib, yuzlarini chetga burgancha: "œEy Asmo! Qizlar balog’atga yetgandan keyin qo’llari va yuzlaridan tashqari butun a’zolarini nomahramlardan to’sishlari kerak", deya yoqimli nasihat qilsaydilar. Yuzimiz qanchalar qizarib, o’zimizni tartibga solib olgan bo’lardik.
Yana bir kun haujrai saodatda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning muhtaram zavjalari bilan birga bo’lib qolsaydik. Eshik taqillab, ostonada ko’zi ojiz Abdulloh ibn Ummu Maktum ichkariga kirishga izn so’rasaydi. Biz bir-birimizga: "œKiraversin, uning ko’zlari ojiz, baribir bizni ko’rmaydi-ku!" — deganimizda ikki jahon quyoshi yarim yoqimli, yarim qattiq ohangda boshqa honaga kirib ketishimizni buyurib: "œTo’g’ri uning ko’zlari ko’r, lekin sizlarniki-chi?" desaydilar.
Qiziq unda bugungi xato-kamchiliklarimizdan nima qolardi?
Ibodatga loqaydligimiz, satri avrat borasida ba’zan me’yordan oshib, ba’zan e’tiborsiz bo’lib qolishimiz, ortiqcha hoyu-havaslarga berilib, qanoatsizlik qilishimiz, erkaklar bilan aralashib yuradigan o’rinlarda o’zimizga haddan ortiq erk berib, ular bilan ortiqcha hazil-mazah qilishimiz"¦ Bularning barchasi muammoga aylanmay, o’z vaqtida, hal bo’lgan bo’larmidi?!
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam tarbiyalari ostida bo’lish imkoni yo’qmi? Buning uchun faqatgina o’sha davrga qaytib yashash, Ul zot bilan bir havodan nafas olish, Madinai munavvarada istiqomat qilish kerakmikan o’zi? Yo’q! Madomoki, Ul zot Allohning elchisi ekan, so’zlari va hayot tarzlari ma’lumu mashhur bo’lib, butun — mayda tavsilotlarigacha kitoblarda yozilgan, hadis majmualariga kiritilgan ekan, Ul zotni o’n to’rt asr uzoqlikdagi masofadan axtarishga hojat yo’q! Ul zotning tarbiyalarini olish uchun ul zot bilan zamondosh bo’lishning ham keragi yo’q! Faqatgina niyatlarimizni tuzatishimiz, hayotimizni, yashash tarzimizni Ul zotning sunnati-saniyalariga hamohang holda tartibga solib olsak bo’lgani.
Fotima Nur Jahon.
"œIrfon" taqvimi 2007/1428 (III)