Limon hamda bodringni olib sharbatini siqib chiqaring va aralashtiring.Limon hamda bodring sharbati lablaringizni yumshatib mayinlashtiradi. Ushbu sharbatlardan lablaringizga bir kunda bir necha bor surib, to shimib ketguncha tegmang. Bu sharbatni muzlatgichda bir haftagacha saqlash mumkin.
Quruqshab ketgan lablaringizga yotishdan oldin asal surting.
Lablaringizni silliq bo‘lishini xohlasangiz, haftada bir necha marotaba unga qaymoq, tvorog, sabzi sharbati aralashmasidan niqob suring.
Labingizni mashq qildirib turing. Labingizni shamni o‘chirayotgan holatga keltiring. Bu holatni 15 marta takrorlang. So‘ng A, O, Ы, I kabi unli tovushlarni talaffuz qiling. Bu labingizni tarang qilibgina qolmay, lab atrofidagi ajinlarni ham yo‘qotishga yordam beradi. Lablaringizni mayinligi va chiroyligi sizga kuz va qish oylarida ham o‘zgacha latofat bag‘ishlaydi.
Munojot Isanova tayyorladi