Men boshqa jihatlariga e'tiboringizni qaratmoqchi edim.
Ko'pgina bozorlarda, ayniqsa qurilish molalri bozorlarida (sergeli, o'rikzor, parkentskiy, chuqursoy,...) juma namozi arafasida do'konlar yopilishi ularning jumaga chiqishlaidan darak beradi.
Ammo, juma namozi vaqtida azon eshitgandan keyin, savdo qilishdan qaytarilgan oyatning davomida yana Allohning fazlini-rizqini izlab, har tarafga tarqalish amrini ko'pchilik unutadi.
Xulosa qilib aytganda, juma namozidan so'ng, yahudiy va xristianlarning o'z bayramlarida dam olishganiday damolmasligimiz, balki eng muhim ishlarni shu paytda amalga oshirishimiz lozim va chiroyli hisoblanadi.