Tohir Malik. Shaytanat (to'rtinchi kitob)  ( 351548 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 73 B


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:24:04

Bir kosadan manpar ichilgach, mehmon qaytmog‘i zarurligini aytib, duoga qo‘l ochdi. Muhiddin ota hovlining o‘zida xayrlashdi. Jalil uni to mashinasiga  qadar kuzatib bordi. Mehmon mashinasiga o‘tirib, eshikni yopishga shoshilmadi:
— Pochchamning bir topshiriqlarini bajara olmadim, agar malol olmasangiz... shu xizmatni o‘zingiz uddalab qo‘ya qolsangiz, — dedi.
— Tortinmay aytovring, qanaqa xizmat?
— Pochcham kuyovlarga atab to‘n tiktirgan edilar. O‘zing yelkalariga tashlab, xayrli xos duoyimni yetkaz, Olloh ularni yomon shamollardan asrasin, devdilar.
Jalil topshiriqni bajarishga va’da bergach, mehmon iziga qaytdi. Jalil esa hovliga qaytib, Jamshidni chaqirdi-da:
— Kuyov to‘ralar qani? — deb so‘radi.
— Sochlarini taratgani sartaroshga chiqib ketishuvdi, — dedi Jamshid. — Hozir kelib qolishadi.
— Sochni uyda tarasa bo‘lmas ekanmi? — deb to‘ng‘illadi Jalil.
— Tarashda ham tarash bor-da, yuvadi, qurutadi...
— Burunlaring oqsa ham birovga arttirlaring. Haligi mehmon to‘n olib kelgan ekan, qaerga qo‘yding?

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:24:17

Jamshid «tovonxonaga beruvdim», degach, Jalil o‘sha tomon yurdi. Burchakka tashlab qo‘yilgan tugunni olib xotinlarga «senlar ham nazarga ilmadilaringmi? Senlarga faqat tillayu javohir bo‘lsa, a?» deb ikki-uch og‘iz shirin so‘z aytib chiqib, Muhiddin otaning yoniga o‘tirdi. Darvozaxonada kuyov bolalar ko‘ringach, o‘rnidan turib ularni chaqirdi-da, tugunni yechib to‘nlardan birini oldi.
— Qani, qiblaga qarab turib kiy-chi, — dedi avval Abdusamadni chorlab. Keyin Abdulhamidni chaqirib oqargan yuziga qaradi-da, peshonasiga kaftini qo‘yib, boshini chayqadi:
— Isitmang bor-ku, bolam, yana kostumda yurishingni qara. — Abdulhamid to‘nga yelkasini tutgan edi, Jalil amakisidan dakki eshitdi: — Betahorat odam to‘nni yelkaga tashlab yuradi. Kiyib ol. Yechma. Bu tabarruk to‘n. Senlarni yomon shamollardan asrasin, deb tabib bobolaring berib yuboribdi. Senlar ham tabarruk insonning yoshlariga yetlaring, iymonli, e’tiqodli bo‘llaring.
Duodan so‘ng uyga kirib ketayotgan Abdusamad to‘nini yechgan edi, Jalildan baloga qoldi. Jalil turgan yerida hammaga eshitilarli qilib baqirdi:
— Tabarruk degan narsaga fahm-farosatlaring yetadimi? Senlarning beo‘xshov zar choponlaringdan bu to‘n ming marta afzal.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:24:32

Asadbek oshnasining tanobini sal tortib qo‘yish maqsadida unga yaqinlashib «qo‘y endi, yoshlarning didi boshqa» dedi-yu, u ham baloga qoldi:
— Bollaringni o‘zingga o‘xshatma. Sen tilla bahosidan qimmat to‘yonalarga mahliyo bo‘lyapsanmi? Xolis niyatda berilyaptimi bu to‘yonalar, buni hech o‘ylaysanmi? Minnatli narsadan qo‘rqmaysanmi?
Asadbek  «bo‘ldi, bo‘ldi, seniki ma’qul», deb nari ketishdan o‘zga chorasi qolmadi.
Manzura xavotirlanavergach, vrach chaqirtirildi. Manzura kechasi o‘g‘lining isitma otashida alahsiraganidan bexabar edi. Shunday bo‘lsa-da, kelinining ko‘zlaridagi iztirobni ko‘rib, ahvol yaxshi tomonga o‘zgarmayotganidan siqildi. Vrach Abdulhamidni ko‘rayotganida Asadbek ayollarni chiqarib yubordi.
— Qimirlamay yotishlari kerak, — Vrach shu xulosani aytdi-yu, «Bu mumkinmi?» deganday Asadbekka qarab qoldi.
— Buning iloji yo‘q, — dedi Asadbek.
— Dorining kuchi bilan isitma sal ariganday bo‘ladi, lekin yana ko‘tarilaveradi, — dedi vrach.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:25:18

— Siz ketmang, shu yerda qoling. Ikki-uch soat kelinning yonida o‘tirmasa bo‘lmaydi.
Abdulhamid otasini tashvishdan qutqarish maqsadida:
— Ada, xavotirlanmang, ahvolim uncha yomon emas. O‘rnimdan turaman, — dedi. Uning gapi Asadbekka dalda bo‘lib, hovliga chiqdi.
Abdusamad onasiga o‘xshash bo‘shashganroq, Abdulhamid esa otasi kabi irodasi mustahkam yigit edi. Karnay-surnay ovozlari yangragach, u akasi va kuyov jo‘ralari hamrohligida nikoh bazmi bo‘ladigan restoranga borib, mehmonlarni qarshiladi.
Kelinlar mashinadan tushayotganida hamma kuyovlarning qanday qarshilashlari, kelinlarning oyoqlarini bosib qo‘yishlarini kutib, qiziqib qarardi. Manzura bilan Asadbekning ko‘zlari esa asosan Abdulhamidda edi. Kelinlar mashinadan tushib, kuyovlar uzatgan benazir guldastalarni olib, tanlaganlari yonida to‘yxona sari odimlashgach, Kesakpolvon paydo bo‘lib o‘yinga tusha ketdi. Kimdir buni qadrdon do‘stning quvonchi ifodasi deb qabul qildi, boshqa kimdir «kayfi oshib qoldimi?» deb o‘yladi. Ba’zilarning esa ensasi qotdi. Asadbek bu holatni g‘ashlik bilan kuzata turib ancha vaqt ilgari ko‘rgan tushini eslab, yuragi qalqib ketdi.
...Tobut oldida karnay-surnay, baka-bakabum avjida. Tobut ichida kafanlangan Asadbek. Oldinda esa to‘n kiyib belini bog‘lagan Kesakpolvon yer tepinib o‘ynab boryapti. «Hoy axmoq, — deydi kafanlangan Asad-       bek, — bel bog‘lagan odam ham tobut oldida o‘ynaydimi?» Kesakpolvon qah-qah otib kuladi: «To‘y bo‘lganidan keyin o‘ynayman-da... Bizga to‘y... Senga esa aza...»

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:25:43

Ko‘rinmas barmoqlar Asadbekning tomog‘idan bo‘g‘di. Yonidagi Jamshidga qarab «ol uni!» deb ishora qildi. Jamshid ildam borib, Kesakpolvonning qulog‘iga «Bek  akam chaqiryaptilar», deb shivirladi. Kesakpolvon cheksiz-chegarasiz shodon odam ko‘rinishida Asadbekka ro‘para bo‘ldi. Asadbek sir boy bermaslik uchun:
— Mamatbeyni yaxshi joyga o‘tqazdingmi, xabar olib tur, — dedi.
«O‘yinim Asadga yoqmadi», degan fikrdan yiroq Kesakpolvon ichkari kirib ketdi.
Kelin-kuyovlarning izidan kelayotgan Chuvrindining xotinini Asadbek to‘xtatdi-da:
— Kelganing uchun rahmat, — dedi. — O‘g‘illaringning to‘yini xuddi shu yerda, bundan ham afzalroq qilib o‘tqazamiz.
Chuvrindining xotini titroq lablari bilan «rahmat» deb qo‘yib, boshqa so‘z aytmay xotinlar oqimida ichkariga qarab yurdi.
Nikoh bazmidan sal oldinroq yetib kelgan Iliko uzoq o‘tirmadi Asadbekni ranjitmaslik uchun ketishi sababini yashirmay aytdi:
— To‘yda xunuk xabar aytish yaxshi emas, lekin sen bizga begona emassan... ertaga bobomni so‘nggi yo‘lga kuzatishim kerak.
Asadbek beixtiyor ravishda uni bag‘riga bosdi. Ruhi tushkun qariyaning so‘nggi gaplarini esladi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:26:25

Ilikoni kuzatib ichkari kirganida Kesakpolvon chap qo‘lida mikrofon, o‘ng qo‘lida ikkita mashina kalitlarini ko‘z-ko‘z qilib ushlaganicha do‘sti Asadbek sha’niga maqtovlar yog‘dirardi. Maqtovlar yakun topib, mashinalarning kalitlari kuyovlar qo‘liga topshirilgach, Kesakpolvon mashshoqlarga «chal», deb ishora qilib, yana o‘yinga tushib ketdi.
Asadbek ensasi qotsa ham o‘ziga tikilib turgan o‘nlab nigohlarni his qilib, o‘rtaga tushdi, shu paytgacha qilmagan ishini qildi: Kesakpolvonning ustidan pul sochdi...
To‘y bazmi avjga chiqqanida Jamshid Asadbekka yaqinlashib:
— Bek aka, Hamid charchadi, kuyov-kelinlarga javob berishsinmi? — deb so‘radi.
Jamshid aytmasa ham Asadbek dam-badam o‘g‘liga qarab uning  holsizlanayotganini sezib turardi.
— Hech kim bilmasin, avval kelin yangasi bilan sekin chiqishsin. Ketidan Hamidni o‘zing olib chiq. Samad o‘tiraversin, — dedi. Keyin tayinladi: — Kennaying ergashmasin. Mehmonlarga qarasin. Biz borguncha do‘xtir Hamidning yonidan jilmasin.
Asabdek aytganday bo‘ldi. Ularning chiqib ketishganini birov bildi, birov e’tibor bermadi.
Nima voqea yuz berganini Mamatbeygina sezdi. Sezdi-yu, mamnunlik bilan kulimsirab qo‘yib, Kesakpolvonni chaqirdi-da, cho‘qishtirib ichdi. Shu onda Asadbekning nigohi o‘ziga qadalib turganini esa bilmadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:28:10

3

Abdulhamidning xastaligi Manzura bilan Asadbek uchun bir tashvish bo‘lsa, Zaynabning nikoh bazmiga kelmagani tashvish ustiga noxushlik edi. Asadbek bazm boshlangunga qadar ham qizining kelib qolishiga umid qilib yo‘lga qarab-qarab qo‘ydi. Kesakpolvon Mardona o‘ldirilganidan keyin «qizing o‘zingga o‘xshaydi», deganida Asadbek achchiqlangan edi. Qizining o‘zi kabi o‘jar, cho‘rtkesarligiga mana endi ishondi.
Elchinni to‘yga olib borish taklifi rad etilga-nini Manzura yumshoqlik bilan tushuntirsa-da, Zaynab otasining maqsadini angladi va o‘zining  aytganidan qaytmadi. Bazmda ishtirok etmaslikka uzil-kesil ahd qilib, sartaroshxonaga otlangan akalari bilan ko‘chaga chiqdi-da, kasalxonaga qarab ketdi. Jalil sochlarini tarattirib kelgan kuyov to‘ralarga to‘n kiygizayotgan paytda Zaynab kasalxonaning mashinasida erini uyiga olib kelgan edi. Qo‘shnilar yordamida zambildagi bemor yangi aravachaga o‘tqazilgach, mehmonxonaga kirdilar. Mehmonxonadagi yasatig‘liq dasturxonni ko‘rgan Elchin qaynotasi kelmasa ham qaynonasining kelib qolishiga umid qildi. Zaynab choy damlab, eriga quyib uzatdi-da, ayvonga chiqib onasiga qo‘ng‘iroq qildi. Qizining bu ishidan hayratga tushgan Manzura:
— Voy qizimey, bugun shartmidi, a? — deyishdan boshqa gap ayta olmadi.
«Insofga kirib qolarmikinlar», degan umidda Asadbekka to‘g‘risini aytdi. Asadbek bu xabarni eshitib, qoshlarini chimirib qo‘ydi. «Mayli, kuyovni to‘yga olib kelinglar», demadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:29:22

Zaynabning ko‘rinmay qolganidan eng avvalo kelinlar havotirlanishdi. «Ularning «Zaynab bonu nechuk ko‘rinmaydilar?» degan savollariga «Eri og‘irlashib qolibdi», deb, ichida tavba ham qilib  qo‘ydi: Yolg‘onni Xudo kechirsin!»
To‘ydan bexabar Elchin qaynonasining kelmaganiga ajablandi. Bugun ertalab ham kasalxonadan chiqish haqida gap yo‘q edi. Zaynab «javob tegdi, ketamiz», deb kulimsiragan bo‘lsa ham Elchin uning yuziga soya tashlayotgan tashvish bulutini sezdi. Vaqt o‘tib, kun botganda ham er-xotin  yolg‘iz o‘tirardilar. Tilsiz, harakatsiz qoladi, deb tashxis qo‘yilgan Elchin vrachlarning kutganlarini puchga chiqarsa-da, hali bemalol gaplashib o‘tirish darajasiga yetmagan edi. Tili burro bo‘lgani bilan nimalarni gaplashib o‘tirardi?
«Mening tirik qolishim sening komronlig‘ingmi yo baxtsizligingmi?» deb so‘raydimi? «Otang mening o‘lishimni istagan edi, tirik qolishim xonadoning uchun baxtsizlikdir? Umuman... o‘lsam nimani yo‘qotardim, tirik qolib nima yutdim? Sen meni jiyanlarimdan tortib olding hisob. Birga yashab, xush baxt bo‘lishmizga ishonasanmi?» dermidi.
Bu gaplar tilga ko‘chmasa ham ko‘z qarashlarida zohir edi. Zaynab erining tuyg‘ularini to‘la bo‘lmasa-da, his etardi. Go‘yo o‘sha mash’um voqea yuz bermagandek, go‘yo qalbida intiqom cho‘g‘i yo‘qdek, go‘yo chalajonga aylangan bu odamni azal-azaldan yaxshi ko‘radigan baxtiyor juvondek ko‘rsatishga urinardi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:30:40

Elchin esa baxtiyorlik niqobi ortidagi tog‘dek dard-ni qalb ko‘zi bilan ko‘rib turardi. Bu nozik jism bu dard tog‘ini ko‘tarib turishga yana qancha chidarkin, deb chamalardi. U qoradori balosidan qutulishga kuch topgan juvonning bu dard tog‘iga chidashgina emas, uni yiqishga ham qodir ekanini xayoliga ham keltirmas edi. Elchin Zaynabni oddiy ayollardan deb bilib, uning iroda kuchini hisobga olmayotgandi. Balki boshqa ayollar dard oldida egilib qolarlar? Lekin Asadbekning qizi egilmas, dardga yengilmas...
Zaynab laganchaga ikki kishilik taom suzib kirgach, Elchin:
— Oying kelmaydilarmi? — deb so‘radi.
Zaynab «Kelishlari kerakmidi?» degan savol nazari bilan javob qaytardi. Erining bu unsiz javobdan qoniqmaganini bilib:
— Qarindoshimiznikida to‘y, — deb izoh berdi.
— Sen nega bormading? Men ertaga chiqsam ham bo‘laverardi, — dedi Elchin.
Zaynab undan ko‘zlarini olib qochib:
— Men ertaga borsam ham bo‘ladi, — dedi.
Taomdan so‘ng televizor ko‘rishdi. Har ikkovining ko‘zlari tamoshada bo‘lsa-da, xayollari boshqa yerlarda sarsari kezardi.
Akalari bilan kelinayalarining baxtiyor chehralari Zaynabning ko‘zi oldidan nari ketmadi. «Xudo baxt beraman, desa beraverarkan-da, — deb o‘yladi u. — Bu qizlar  dunyoning nariga chetida edi. Shunda ham xohlaganlariga yetishishdi. Meniki shunday yonginamda edi...»

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Noyabr 2007, 15:31:03

Zaynabning taqdiriga dil maqsudiga yetolmaslik yozilgan ekan, na iloj qilsin? «Noumidlik yomon, dunyo umid bilan qoyimdir», deyishadi. Zaynab dardni umid bilan yengishga urinardi. Lekin...  qurigan umid daraxti qayta gullashi mumkinmikin?.. Bu g‘am man-zilida unga nelar qolmish yana? Zaynabning yura-         gida yaralangan surur bu savolga javob topolmay ingradi.
Televizordagi tamosha tamom bo‘lib, qo‘shiq boshlanganida Zaynab oshxonada edi. Ma’yus ohang diqqatini tortib, so‘zlariga quloq tutdi:
Sho‘rpeshona ishqni tolega yo‘yib,
Jimgina taqdirga berganimda tan.
Ishonchu, sevgingni qo‘limga qo‘yib
Dovdir hayotimga kirib kelding sen...
Zaynabning ko‘z oldiga Jamshid kelib beixtiyor titrab, qo‘lidagi likopchani tushirib yubordi. Likopcha tushdi-yu, lekin negadir sinmadi. Singanida «Kelgan balo-qazo shunga ursin», deb qo‘yardi. Endi balo-qazo nimaga uradi?..
Elchinning ko‘zlari televizorga qadalgan bo‘lsa-da, xayoli to‘zonli shamol singari tentirardi.
U Zaynabni g‘amga solgan edi, endi g‘am uning o‘zini yeyarmi? Yeb-eb ado etarmi? Kasalxonada ekanida vrach yuragi ustiga kaftini qo‘yib, barmoqlari bilan urib-urib qo‘yardi. Xuddi birovning eshigini taqillatayotgandek bo‘lardi. Uning qalb darvozasi ochilsa nimalarni ko‘rmoq mumkin? Zulumot va o‘limdan bo‘lak yana ne qolgan bu yurakda?

Qayd etilgan