806-YIL — Rofe ibn Lays boshliq Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm aholisining qo‘zgoloni.
VII ASR BOSHI — Arablarda siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda bo‘lgan bunday ijtimoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatning asosiy tarafdori bo‘lib shaharning savdogar va hunarmand aholisi ko‘tariladi. Bu harakat yagona e‘tiqodga da‘vat qilishdan boshlanadi. Bu yakkaxudolik dini bo‘lib, tarixda "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatuvchi "œislom" nomi bilan shuhrat topadi.
VII ASRNING 80-YILLAR BOSHI — Movarounnahrning mahalliy hukmdorlari Sirdaryo etagidagi Xorazm yaqinidagi shaharlarda bir necha bor to‘planishlari, o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to‘grisidagi sa‘yi-harakatlari amalga oshmadi.