Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - falon kishi ham barchamiz balolangan narsa bilan balolandi yoki hammamiz qiladigan hiylani u ham mol topishda ishlatadi, deb aytmoqlikdir.
Yana ham to‘g‘rirog‘i yuqorida aytganimdek, kishining kamchiligini xitob qiluvchidan anglanmog‘idir. Biz buni yuqorida Imom Muslimdan qilingan rivoyatda zikr qildik.
Fasl: Bilingki, g‘iybat qiluvchiga g‘iybat harom bo‘lganidek, eshituvchiga ham uni eshitib iqror bo‘lish haromdir. Bir insonning harom bo‘lgan g‘iybatni boshlaganini eshitsa, agar zohiriy zarardan qo‘rqmasa, uni g‘iybatdan man qilishi vojib bo‘ladi. Modomiki, qo‘rqadigan bo‘lsa, qalbi bilan uni inkor qilib, ana shu majlisdan ajrab chiqib ketishi vojib bo‘ladi. Agar tili bilan inkor qilishga yoki g‘iybatni boshqa so‘z bilan kesishga qodir bo‘lsa, uni lozim tutadi. Agar bunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu tili bilan jim bo‘l, desa-yu qalbi bilan u g‘iybat davom etishini xohlasa, Abu Homid G’azzoliy aytganlaridek, ana shu nifoq bo‘lib, gunohdan uni xalos eta olmaydi. Xalos etish uchun qalbi bilan ham g‘iybatni karih ko‘rmog‘i lozim.