Doim bir mavzu kerak bo'lsa, qidirish sistemasidan foydalanaman lekin topa olmayman, hatto mavzu nomini aniq yozsam ham topib bermaydi, bu holat manda deyarli har safar takrorlanadi, bir shuni ko'rib bermaysizmi?
Qidiruvdan foydalanganingizda parametrlarini ham ko'rib chiqing.
1. Agar biron mavzuni qidirmoqchi bo'lsangiz,
Faqat mavzu nomlari degan qismni belgilang.
2. Aynan muayyan foydalanuvchiga tegishli postni qidirmoqchi bo'lsangiz,
Foydalanuvchilardan: degan qismga *Foydalanuvchi ismini yozing.
3. Aynan biron bo'limdagi ma'lumotni qidirmoqchi bo'lsangiz,
Qidirish uchun bo'limni tanlang yoki hamma bo'limlardan qidiring qismidan bo'limni tanlang.
Forum ma'lkumotlar bazasi kattaligi sabab, unda qidirish bilan bog'liq muammolar bo'lishi tabiiy. Bu sizning internet tezligingizga ham bog'liq.