Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 751767 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 155 B


Ansora  24 Sentyabr 2009, 18:45:20

ChehMik, blogingizni yomon habarlar bilan to'ldirvordim, hafa bo'lmang. Xayolimga kelmagan narsalar...

Qayd etilgan


Hadija  24 Sentyabr 2009, 20:57:30

bitta thanks cho'zingchi :)

So'rabsiz, forumdoshlik hurmati yo'q deyish qiyin  ::)

Qayd etilgan


Muhseena  24 Sentyabr 2009, 22:20:57

Kecha darsimiz tugagach,yaqin dugonamiz bilan darrov qulog'imizga naushnik taqib,darrov tashqariga otlandik.Dugonamda ham menda ham naushnik.Bir mahal dugonamning onalari telefon qilib qoldilar.Men esa hayol bilan yonida uni kuzatib ketaverdim.Ovozini baland qilib qo'ygandim qo'shiqni,dugonamni kuzatib bir-bir qarab qo'yaman.Onasi bilan mazza qilib gaplashyapti,jilmayib-deb...Shu tarzda uchinchi qavatdan birinchi qavatga tushdik.Shu mahal gapirib-gapirib bir manga qarab qoldi.Darrov naushnikni qulog'imdan oldimde,manga gapiryapsanmi dedim.U qizarib ketib,iye boyadan beri mani eshitmadingmi  ??? deb qoldi...Keyin bilsam,u oyisi bilan uchinchi qavatda gaplashib bo'lgan ekan,faqat qulog'idan naushnikni olmay,menga gapirib tushibdi...Juda hijolat bo'ldimde,uzr boshqatdan gapir desam,menam hayron bo'ldim,negadir indamasdan kulib qo'yasan,nimadir yomon gap etib qo'ydimmi deb o'yladim javob bermaganingga dedi...Keyin yo'l-yo'lakay nega boya jilmayib qo'yding-deb savol berdi.Oying bilan shunaqa berilib gaplasharkansan deb havas qilib qarab qo'ygandim dedim. :D :D :D

Qayd etilgan


Muhseena  24 Sentyabr 2009, 22:34:31

ChehMik unaqa yomon xayollarga berilmang...Mana siz uchun maxsus hayit dasturxonidan atay siz uchun "o'g'irlab" keldim

Qayd etilgan


siddiqa  25 Sentyabr 2009, 00:26:27

Kecha darsimiz tugagach,yaqin dugonamiz bilan darrov qulog'imizga naushnik taqib,darrov tashqariga otlandik.Dugonamda ham menda ham naushnik.Bir mahal dugonamning onalari telefon qilib qoldilar.Men esa hayol bilan yonida uni kuzatib ketaverdim.Ovozini baland qilib qo'ygandim qo'shiqni,dugonamni kuzatib bir-bir qarab qo'yaman.Onasi bilan mazza qilib gaplashyapti,jilmayib-deb...Shu tarzda uchinchi qavatdan birinchi qavatga tushdik.Shu mahal gapirib-gapirib bir manga qarab qoldi.Darrov naushnikni qulog'imdan oldimde,manga gapiryapsanmi dedim.U qizarib ketib,iye boyadan beri mani eshitmadingmi  ??? deb qoldi...Keyin bilsam,u oyisi bilan uchinchi qavatda gaplashib bo'lgan ekan,faqat qulog'idan naushnikni olmay,menga gapirib tushibdi...Juda hijolat bo'ldimde,uzr boshqatdan gapir desam,menam hayron bo'ldim,negadir indamasdan kulib qo'yasan,nimadir yomon gap etib qo'ydimmi deb o'yladim javob bermaganingga dedi...Keyin yo'l-yo'lakay nega boya jilmayib qo'yding-deb savol berdi.Oying bilan shunaqa berilib gaplasharkansan deb havas qilib qarab qo'ygandim dedim. :D :D :D

bunaqa holatlar ko'p o'rtoq ayniqsa ,shu men aslida deb gap boshlashadiku aslida yahshi odamman faqat bitta aybim bor diydi shum bolada ,telimdagi ismlarni o'zimga yoqqan nomlar bn bezab qo'yganman ,albatta laqab yahshi ish emas lekin rozi rizolik so'rab (yaqin do'stlardan)hammmasidan masalan matluba o'rtog'im chakchakagen edi hozir boshqacha ,opa singil kursdoshlarim kattasi patirhon jackson kichkinasi little jackson umumiy qilib domashniysiga jacksonlar oilasi deb yozib qo'yganman ,bunaqa nomlar ko'p ,lekin shoshilganda eslash qiyin 1 kursdoshimda ishim zaril bo'pqoldi ismini nima deb yozganimmi bilmimanda vasvasagenmidi yoki???????

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 17:02:26

O'g'il bolalardagi 1 odatni yaxshi ko'raman.

Kecha bir biri bilan urishib, jag'ini qonatgan bo'lsaham ertasiga QO'L BERIB SO'RASHAVERADI.

Qizlarchi, 1 og'iz "shirin so'z" uchun 1 oy kere bo'lsa 1 yil ham gaplashmaydi.

Mana shuning uchun ham TALOQ huquqi ayol kishiga emas erkak kishiga berilgan bo'lsa kerak... Vallohu alam

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 17:07:42

Insonga do’st-yor ham, dushman ham zabon,
Har so’z zamirida ko’p asrar pinhon.
Yaxshi so’z g’animni do’st etar, ammo,
Bir og’iz bo’htondan do’st dili vayron

Qayd etilgan


Muhseena  25 Sentyabr 2009, 19:59:42

 Hayit ayyomida har doimgidek buvijonimni ko'rgani bordim.Buvim doim hayotdagi turli voqea hodisalarni so'ylab beradilar.O'sha kungi suhbatdan birodarimiz Guli ham bahramand bo'ldilar.Ikkala buvimdan duo olish uchun olib borgandim.Juda qiziqarli,sermazmun kun bo'ldi,nazarimda.Jiyanimning aytishicha arafa kuni kechqurun tomga o'g'ri kelibdi.Avvallari tomda oyoq tovushi eshitilarmishu lekin o'g'rini ko'rishmagan ekan.Buni eshitib Guli bilan shunday qo'rqdikki,uyog'ini eshitib esa.. :5
O'g'ri bechora nima emish so'rida pishgan uzumga kelarkan.Qo'shni hovlining nokini o'g'irlar ekan.Shu uzum uchun yarim tunda ovga chiqarkanlar.Uning kimligini buvim yaxshi bilaman deydilar.Shu payt buvim sekin eshikni yoniga kelib o'g'riga gapira ketibdilar...Buni eshitib huddi G'afur G'ulomning "Mening o'g'rigina bolam"i esimga tushib ketdi. :).Buvim o'g'riga Hoy aylanay bolam,man sani kimligingni juda yaxshi bilaman,sani otangni ham yaxshi taniman.Nima sen ham menga o'xshab uxlolmaysanmi,mani kechasi uyqim kelmaydi.Bugun hayit bayrami,mani tabriklashga keldingmi,hayitlik olib kelgan bo'lsang,otib yubor,hursand bo'laman.Lekin tezroq ket.Bo'lmasa nabiramga pistoletimni olib chiqishini so'rayman.O'zingga yomon bo'ladi.Naq poylab otaman-debdilar. :D :D :D O'g'ri ham gapni eshitib bo'lib ketib qolibdi.Buvimga qoyil qoldim,o'g'riga ham.
 Shundan keyin yoshliklaridagi bir voqeani aytib berdilar.Aytishlaricha buvalarining katta bog'i bo'lgan ekan.Bog'ga har meva mavsumida o'g'ri tushar ekan.Bir gilos daraxti rosa meva beribdi.Uni avaylab,mevasini ertasi kuni terib sotishga asrab qo'yishgan ekan.Lekin ertasi kuni borib qarashsa,gilos daraxti yo'q emish.Daraxtni tunda kesib,mashinada olib ketib qolishibdi.Bog' kattaligidan buni hech kim payqamagan ham...Avvallari bunday hollar ko'p uchragan.Ayniqsa urush davrlarida.Hatto buvimning buvalarini boqqa tushgan o'g'rilar otib ketishgan(Alloh rahmatiga olgan bo'lsin)...
 Shunaqa gaplar.Hayotda turli voqealarni eshitib hayron qolamiz ba'zida...Bejizga keksa buba-buvilarimiz Tinchlik-hotirjamlik,to'kin-sochinlikka yetkazgin-deb duo qilishmas ekan....

Qayd etilgan


Ansora  25 Sentyabr 2009, 20:38:50

Muhseena, rahmat. Buvijonizga salomimni aytib turibsizmi?
Aytganlarizni o'qib, shunday xayolga toldim. Urush paytida rostanam tushunadi odam nega odamlar o'qirlik qilishganini, rostdan ham hayot og'ir, qarang hatto insofi bor ekan(qo'rqqandir to'g'risi-da) hech narsa olmay ketibdi.
Hozirgi kunda ishlasa-tishlaydigan sharoit bor paytda odamlarni o'g'rilik qilishganiga nima deysiz? Men hech qachon bir oyog'i yo'q, kasalmand, ko'zi ko'r o'g'ri bor, deb eshitmaganman ham ko'rmaganman ham Olloh saqlasin. Afsuski shu o'g'rilar hammadan sog'lom, chaqqon, hatto sportsmen desak ham bo'ladi, odamlar. Bundaylarga faqatgina achinaman. Dunyoga kelib, o'z kuchingni sinab ko'rish bor ekan, boshqasini tayyoriga ko'z tik va ham bu dunyong qolaversa asosiy boqiy dunyong kuyib ketsin.
İnsonni peshona teri bilan topganiday halol narsa yo'q. Hatto men o'zim yangi bir ovqat pishirganimda juda jursand bo'laman, chunki mehnatim singgan.
Afsus hamma ham peshona terisini mehnat qilib halol pul topishga to'kavermas, boshqasining molini o'g'rilash yo'lida to'karkan...

Qayd etilgan


Afruza  26 Sentyabr 2009, 11:58:11



bunaqa holatlar ko'p o'rtoq ayniqsa ,shu men aslida deb gap boshlashadiku aslida yahshi odamman faqat bitta aybim bor diydi shum bolada ,telimdagi ismlarni o'zimga yoqqan nomlar bn bezab qo'yganman ,albatta laqab yahshi ish emas lekin rozi rizolik so'rab (yaqin do'stlardan)hammmasidan masalan matluba o'rtog'im chakchakagen edi hozir boshqacha ,opa singil kursdoshlarim kattasi patirhon jackson kichkinasi little jackson umumiy qilib domashniysiga jacksonlar oilasi deb yozib qo'yganman ,bunaqa nomlar ko'p ,lekin shoshilganda eslash qiyin 1 kursdoshimda ishim zaril bo'pqoldi ismini nima deb yozganimmi bilmimanda vasvasagenmidi yoki???????


Bitta kino esimga tushib ketti. Rahmatli Ergash Karimov bosh rolda o'ynagandilar  :). Hamma esladi shekil
Shu "chakchakagen"ni telefonidigi "Kuzya"ni man taniman :D :D :D

Qayd etilgan