Assalomu alaykum azizlar. Sizlarga 3 qavatli rasmlar haqida ma'lumot bermoqchiman. Balki biladiganlar bordir. Men birinchi marta Nizomiyda o'qib yurganimda Turkiyalik kursdoshlarim orqali ko'rgandim bunday rasmlarni. Juda hayron bo'lgandim, chunki rasmga qaraysiz xilma-xil ranglardan iborat shakllar, lekin yaxshilab qarasangiz rasmda turfa xil jismlarni(harf, shakl, hayvon vhk) ko'rishingiz mumkin edi. Boshda ko'ra olmaganman, kursdoshim: "Bu rasmni ko'z emas, miya ko'radi" degandi. Butun diqqat e'tiborni jamlab, rasmning markaziga qarasangiz ranglar ko'zdan g'oyib bo'lib, ko'z o'ngingizda qatma-qat rasm namoyon bo'ladi.
Qani rasmlarga qarab ko'ringchi bir narsa ko'rinar ekanmi
Sizga taqdim etilgan rangli rasmda aslida pastda ko'rganingizday shakl yashiringan.