İstambuldan Adanaga ketishlariga sabab, birdaniga Jiddadan nabiralari Abdulaziz aka kelib qoldilar oilalari bilan. Nabiralari ham 50 yoshlarda:) Yani Eng kichkina o'g'illaridan ham 10 yoshcha katta. Qizlarini vaqtli turmushga berganlari uchun nabiralari ham o'z farzandlaridan katta bo'lib qolgan ekan:)
Hali ishlarimiz tugamadi, dedik lekin shunga qaramay, nabiralari yuring siz ham Adanani ko'rib kelasiz, deb qoldilar. Mashinalarida joy bor ekan.
Birga bordik Adanaga. Haligacha esimdan chiqmaydi. Hovlilariga kiraverishda eshik oldida huddi o'zimizni vodiydagidek qilib tut ekilgan, eshiklari ham huddi o'zimiz tarafdagi eshiklarday. Uyga borgandek hayajonlandim.
Uylari ham 3 qavatli edi. Ancha beton bo'lgani uchun qishda sovuq, yozda issiq bo'ladi. Farzandlari "dada, boshqa joydan sizga havodor hovli olaylik", deb rosa yalinishibdi. Lekin otaxon, "bollarim sizlarni bu hovlida katta qildim, devorlarida qo'l izlaringni, zinalarida yugirishlaringi ko'rganday bo'laman, qanday ko'chay", debdilar. "Men o'lsam keyin uyni buzinglar, bu uydan o'ligim chiqsin", deb vasiyat qilibdilar.
Aytganlariday, shu hovlidan ohirgi manzilga kuzatishdi....
Alloh rahmat aylasin....