18/7. Mujohiddan rivoyat qilinadi. Bushayr al-Adaviy Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday deganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar, deb gapira boshladi. Ibn Abbos uning gapiga quloq ham tutmadilar va unga qarab ham qo‘ymadilar. Shunda u: «Ey Ibn Abbos, nima bo‘ldi, hadisimga quloq solmayapsiz, sizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilsam, eshitmayapsiz, gapirsam, unga quloq tutayotganingizni ko‘rmayapman», deganida, Ibn Abbos: «Biz ilgari agar biror kishidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, degan so‘zni eshitsak, ko‘zlarimiz (uni ko‘rishga), quloqlarimiz esa eshitishga shoshardi. Qachonki, kishilar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketishganidan keyin odamlardan faqatgina bilgan narsalarimizni oldik, xolos», dedilar.