Forumchilarga savol  ( 725548 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 182 B


Farida  02 Noyabr 2007, 22:00:00

J: Etaman, bo'shatmiysilami, qanaqasila deyman.

S: Qorni sog'indingizmi?

Qayd etilgan


Mahzunabonu  03 Noyabr 2007, 20:19:52

J: Yo'q,chunki bugun o'zi qor yogdi
S: Sizga nimani qadri o'tvotti?

Qayd etilgan


Robiya  04 Noyabr 2007, 14:52:46

J: O'tgan vaqtimni.Qancha ishlar qilishim mumkin edi...

S: Sabrli bo'lolmagan paytlaringiz ham bo'lganmi?

Qayd etilgan


Fatima  04 Noyabr 2007, 14:58:38

J: Ha, hozir xuddi shunday bo`lyapti. Buning sababini forumda man bilan gaplashib turadigan insonla juda yaxshi bilishadi.

S: Savolim ozgina boshqacharoq.    Kitob o`g`irlash gunohmi?  Yo`qolgan kitobiz kimdaligini bilib tursez  nima qilgan bo`lardiz? Unga aytarmidiz yoki yo`q?

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2007, 07:28:07

Javob: Madaniyat - ta'miri bilod va tarfihi iboddir. Ya'ni shaharlar qurish, binolar, fabrika-zavodlar barpo etib mamlakatni rivojlantirish, sanoatni taraqqiy ettirish bilan birgalikda xalqlar ozodligini himoya qilish, rohat va huzurda yashashlariga sharoit yaratib berishdir. Xalqning ruhiy, g'oyaviy va jismoniy jihatdan mukammalligiga intilish ham madaniyatdir.

Madaniyat faqatgina ilm va fan bilan belgilanmaydi. Ilm va fan madaniyat rivoji uchun hissa qo'shadigan vositadir. Ilm va fan yuksak taraqqiy etgan davlatlarni, fanning nima maqsadda qo'llanilganini bilmasdan turib madaniyatli deyish katta xatodir. Zavodlarning, transportning, kema, samolyot, atom jihozlarining ko'p bo'lishi, ko'zlarni qamashtiruvchi ixtirolarning yaratilishi madaniyatni ko'rsatmaydi.

Bularni madaniyat sanash har bir qurollini g'zoiy va mujohid sanash bilan bir xildir.

Haqiqiy madaniyat sohibi bo'lish uchun Islomiyat: imon, ibodat, mehnat, axloq va jamiyatdagi har qanday holatdan, ilmdan boxabar bo'lish lozim. Madaniy inson Alloh taoloning buyruqlari, Payg'ambarimiz Muhammad SAVning sunnatlari, ashobi kiromning naql qilganlari hamda islom olimlarining bildirganlaridan boxabar bo'lishi lozim. Insoniyatning har qanday muammosiga mana shu buyuk madaniyat tufayli chora topiladi.

(tarjima: Imomi Rabboniydan)

Savol: Xalqaro hayotda sizni nima tashvishga solyapti? Nimaga achinyapsiz?

Qayd etilgan


shoir  06 Noyabr 2007, 18:33:37

J: Siyosat va din boshqa-boshqa, ular ayri deyishadi. Lekin tarixga nazar tashlasak, o'zimizda o'tgan podshohliklarda ham siyosatni din boshqargan, siyosat dinni emas.

S: Ba'zi nodonlar adashib yurgan bir kimsaning hidoyat topishi va Allohga yaqin bo'lishiga nisbatan "O'g'ri qarisa so'fi bo'larmish, ... qarisa otin" deyishadi. Shunaqa insonlarga munosabatingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2007, 22:57:15

Javob: Agar menga kimdir shunaqa desa, "bekorlarni aytibsan!", deyman. Chunki bunday gap iymoni butun odamdan chiqmaydi. Odatda bunaqa gaplarni o'zi ibodati juda sust, hasadgo'y kimsalar aytadilar.
Alloh hidoyat bersa hech narsa emas. O'tgan kun eski ishxonamga borsam bir akamiz namoz vaqti bo'lganini bilib, judayam shoshib qoldim. Bilardim, aka, avval namoz o'qimasdi va bu haqda unchalik ham tasavvurga egamasdi. Gap-so'zlari, muomalalri ham juda o'zgargan... Hayron qoldim.
Keyin bolalardan so'rsam, aka 2 oydan beri nakoz o'qiyotganini, hatto saxarlab, 3 kilometrlik masjidga borayotganini aytishdi... Mashaalloh, Alloh hidoyat bersa hech narsa emas ekan. Judayam xursand bo'ldim.
Allohim, barcha g'ofil bandalaringga hidoyatingni darig' tutma! O'zing hidoyat berguvchi, mehribon zotsan! 

Savol: Ba'zi insonlarni ko'ngli bo'sh deyishadi. Ular salga yig'lab yuboradilar. Masalan, biron kino ko'rsalar ham, (garchi syujeti ertakdek bo'lsa ham) agar u ta'sir etsa, yig'lab yuboraverishadi. Bunday ko'ngli bo'shlik siz uchun nima? Qalbning tozaligimi yo uning zaifligi?

Qayd etilgan


Robiya  07 Noyabr 2007, 20:41:36

Javob: Bu har bir kishining xarakteridan, qay darajada ta'sirchanligiga bog'liq.Bunday ko'ngli bo'shlik men uchun qalb tozaligining bir ko'rinishi.

Savol: O'zingizni ta'sirchan deb bilasizmi?Tez xursand bo'lib,tez xafa bo'lish sizga xosmi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  07 Noyabr 2007, 20:49:56

J:Ha man juda bo'lmasada tasirchanligimni bilaman.Tez hursand bo'laman lekin tez hafa bo'lmiman.Bir hafa bo'lsam juda qattiq hafa bo'laman.Shunaqasidan hudo saqlasin.
S:Sizga bir do'stingiz yoki tanishingiz yolg'on gapiryapturganini bilsangiz o'zini kotta olish uchun yolg'on gapiryapturganini bilsangiz  nima qilasiz yuziga aytasizmi yoki bilib tursangiz ham indamay eshitib turaverasizmi?

Qayd etilgan


shoir  08 Noyabr 2007, 11:19:18

J: Har qanday holatda ham yolg'on gapirganini yuziga ayta olaman.

S: Masalan, do'stingiz haqida noto'g'ri yoki yanglish fikrni siz hurmat qilgan, azi deb bilgan insonlar gapirayapti. Ularga qarshi bir so'z deya olasizmi yoki ularning hurmati deb do'stingizning hurmatidan vaqtinchalik voz kechasizmi?

Qayd etilgan