Dobbatul arz chiqishining siri
Dobba quyosh mag‘ribdan bosh ko‘tarib, tavba eshigi berkitilganidan so‘ng chiqadi. "œOdamlar bizning oyatlarimizga ishonmas edilar", deb gapiradi. Mo‘minning yuzini yana-da yorishtirib, kofirning burniga belgi qo‘yadi. Hamma bir dasturxon atrofida jamlanib, kim mo‘min va kim kofir ekani bilib olinadi. Bu o‘lim to‘shagida yotgan kishiga farishtalarning xabar keltirishiga o‘xshaydi. Maloikalar mo‘minga jannat xushxabarini beradi, joni uzilayotgan kofirni do‘zax bilan qo‘rqitadilar!
«(Ey Muhammad), bu zolimlarni o‘lim girdobida qolgan, o‘lim farishtalari qo‘llarini cho‘zib: «Jonlaringizni beringiz! Bu kun - Alloh sha’niga nohaq gaplarni aytganingiz va Uning oyatlaridan yuz o‘girib kibru havo qilganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanadigan kuningizdir», deb turgan paytda bir ko‘rsangiz edi» (An’om, 93).