Assalomu alaykum! Menda bir taklif bor edi: mana , bir necha yillardan buyon forumning a'zosimiz, ammo bizda hech qanaqa belgi-nishon yo'q. Ya'ni, shu forum a'zoligini bildirib turuvchi biror narsa demoqchiman.
Taklifim: sayt administratori va boshqalarning ishtiroki, maslahati asosida o'zimizning Forum.ziyouz.com dan ekanligmizni bildirish va butun respublikada (dunyoda desak ham bo'ladi) "ziyo.uz"chilar safini kengaytirish maqsadida biror nishon tashkil qilinsa, yoki vizitkaga o'xshash (aynan nimaligini bilmaganligim uchun shu misolni keltiryapman) o'zida user haqida ma'lumotni jamlagan bir belgi berilsa zo'r bo'lardi.
PS.: tushuntirolmagan bo'lsam, uzr.
OFF: bu oddiy narsa bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo keng ko'lamda ish olib borayotgan forum boshqalardan ajralib turishi keragu...Vallohi a'lam!