Kimda ikki xislat bo'lsa, shogirdlari uni sevishadi:
1. Ilmni o'rgatish yo'lida izlanish.
2. Ularga nisbatan kechirimli bo'lish.
Kimda ikki xislat bo'lsa, ustozlari uni sevishadi:
1. Ularni tez anglash.
2. Hurmatlarini joyiga qo'yish.
Kimda ikki xislat bo'lsa, oila ahli uni sevadi:
1. Ularga nisbatan yaxshi muomalada bo'lish.
2. Ularning tashvishlarini anglash.
Kimda ikki xislat bo'lsa, boshliqlari uni yoqtirishadi:
1. Ularga chiroyli itoatda bo'lish.
2. Buyruqlarini chiroyli shaklda bajarish.
Kimda ikki xislat bo'lsa, uni Alloh ham, odamlar ham birdek yaxshi ko'radi:
1. Yaxshilik qilish.
2. Aziyat berishdan chetlanish.