Bir kun xovariylar Iso alayhis-salomdan;"Ey Ollohning ruhi ,hozir yer yuzida senga o’xshash yana bir odam bormi ?" deb so’rashganda Hazrati Iso "œHa bor.So’zi zikr sukuti fikr,nazari ibrat bo’lganlar menga o’xshashdirlar "degan ekan. Darhaqiqat,tafakkur va marifat oddiy insonni ham payg’ambarlarga yaqinlashtiradigan va nabilar,rasullar erishgan haqiqatlardan baholu qudrat ogoh aylaydigan yuksak maqomdir.Mana shuning uchun mashxur so’fiy Hasan Basriy,"Bir soatlik tafakkur,bir kechalik toat ibodatdan xayrlidir ",deydi.
Tafakkurdan asosiy maqsad nima? Nimani nima uchun va qanday tarzda fikrlash lozim? Tafakkurning eng lazzatli mevalari nimayu achchiq iztiroblari nima? Fikr tarbiyasi qachon boshlanib qanday yo’llar bilan davom topmog’i zarur?Bunday savollar har bir kishini qiziqtirishi va har bir odam ularga o’zicha aniq javoblar topmog’i shart erur. Odam farzandi o’zini ko’p narsalardan,aytaylik,shon-shuxrat,boylik,soxta obro’,amalu martabalardan bemalaol benasib qilishi mumkin. Bunda u ma’nan va ruhan hech nima yutqizmaydi. Biroq inson o’zini o’zi fikrlashdan va tafakkurning mashaqqatli sayoxatlaridan mahrum qilsa,insoniylik uchun asosiy hislatlardan ajraladi. Chunki tafakkurdan to’xtash-bu, ma’naviy-ruhiy anglashdan to’xtash,to’g’rilik va haqiqatning kuch-qudratiga ishonchdan to’xtash degani bo’ladi. Tafakkurda hatto sayozlikka ham erk berish mumkin emas. Hind payg’ambari Budda ta’limotida chuqur fikrlash-tiriklik va baqo yo’li,sayoz fikrlash —o’lim va fano yo’li,deb belgilanishi bejiz emas.
Sharqning ko’pchilik orifu valiylariga o’xshab Xoja Orif Mohitobon bobomiz ham mushohada va muroqabaning buyuk g’amxo’ri va jonkuyari bo’lganlar.
"œImoni komil mo’min uldurki ,pulu davlatdan yuz o’girsin,rangin liboslar va nozu ne’matlar uni o’ziga maftun etmasin,-deydilar Xoja Orif,-katta nafs gadosiga aylanmasin ! Va u bularning barchasiga zulm etib, haqorat nazari bilan qarasin! Uning nafsi sarkashlik va hursandlik etmasin,ro’zg’or tashvishlaridan malul bo’lmasin. Va yaxshi kun ham, yomon kun ham uning uchun barobar mohiyat kafb etsin". Bunday holga erishish —donishmandlikning baland cho’qqilarini egallash demak. Bunday holislik va qanoatga oddiy aqlning kuchi ham, imkoni ham yetmaydi. Buning uchun vijdoning murshidi, e’tiqodning hoqoni ,diyonatnig posboni —imoniy aql zarur. Jaloliddin Rumiy imoniy aqlni "œAqlnig aqli" deydi va mo’minlarga ato etiladigan bu aqldan ufqlar nurlanib, qalb va ruh nurga to’lishini ta’kidlaydi.
Mavridi kelganda bir narsani sharxlab o’taylik. Bizda tasavuffiy maslak mol-mulk va boylikka qarshi,tasavuf odamlarni faqrlik, qashshoqlik va yupunlikka chorlaydi, degan noto’g’ri bir qarash yashab keladi. Xoja Orifning yuqoridagi gaplari ham shunday mulohazalariga sabab bo’lmog’i mumkin. Odam bu o’tkinchi dunyoga boy bo’lmoq ,boylik ichida g’arq bo’lb yashamoq yoki qashshoqlik, yo’qchilik qo’lida qurib-qaqshab kun o’tkazmoq uchun kelmaydi. U Odam bo’lmoq, aql, ma’rifat, tafakkur orqali o’zligini bilib, Rabbisinig huzuriga pok va yorug’ yuz bilan qaytmoq uchun tug’iladi. Shu ma’noda moddiy boylik insonning ilohiy mohiyatidan xorijdagi bir narsa bo’lganidek, kambag’allik va yo’qsillik ham o’sha mohiyatdan tashqaridagi narsadir. Masalan, birov millioner deylik.O’z —o’zicha o’sha million so’mning nima yomonligi bor? Hech yomonligi yo’q. Yomonlik pulga, boylikka hirs qo’yishdan, unig qimmatini noto’g’ri baholashdan yoki boylikning tub mohiyatini to’g’ri tushunmaslikdan yuzaga chiqadi. Naql borki, Tangri, Imom g’azoliyga "œSen har kun dunyo ahlini qoralaysan. Xalqning bir-birlari bilan aloqalarini hamisha to’xtatishga intilasan. O’zingning og’ilda shuncha ot va hachirlarning bor, og’ilhonangning mixi oltindan. Yana qanchadan —qancha mol- mulking bor. Shunday bo’lgach ul so’zlaring nimasi?", deganda, G’azoliy:"Men og’ilhonaning mixini loyga qoqqanman, dilga emas ", deb javob bergan ekan. Demak, hamma gap dunyoni hech qanday zohiriy boyligini ko’ngilga yaqinlashtiermaslik va dildan ularga mehr bog’lamaslikda. Tasavvufdagi faqrlik tashviqotini xuddi shu ma’noda tushunmoq kerak. Zero,mutlaq haqiqatdan yiroq, undan ajralgan orzuyu a’mol odamni tafakkur hurriyatidan yiroqlashtiradi. Xoja Orif "œUl qushki,bo’ynida o’g’ir yuk osig;lik ekan,bas,qandoq ko’kka parvoz aylasun?Sollikim ,bu dunyoga dilbandligi bisyordir,ilohiy parvoz qilolmasva talab vodiysiga qadam qo’yolmas ", deganda naqadar haq bo’lganlar.
Rivoyat qilinishicha,Luqmoni hakim ko’p payt yolg’iz o’tirar va uzoq-uzoq fikrga berilarkan. Do’stlari unga: "œNechun buncha yolg’iz o’tirursen? Jamoatga aralashib ular bilan hamsuhbat bo’lganing yaxshi emasmi?" deganlarida u :"Yolg’izlik fikrlamoq uchun behad o’ng’aydir"¦", degan ekan. Abdulvohuid binni Zayd esa bir kun uzlatga chekingan soliqqa duch kelib,unga "œBu tanholigingdan ajablanayotirman",deganda u:"Agar yolg’izlikning zavqiga yetsayiding, o’zing o’zingdan bezib,vahshat tuyarding . Axir, yolg’izlik ibodatning ibtidosi-ku", debdi. Xilvat — xoli joy, tanholik, hech nimaga bog’lanmaslik, dunyoning hilma hil narsalaridan forig’lik demak. Tsavvufda esa shayx rahnamoligi va ko’rsatmalariga binoan muridning maxsus bir go’shada bekinib Haq bilan ruhiy aloqa o’rnatishi anglashiladi. Kamida qirq kun davom qiladigan bu jarayonga "œchilla"yoki "œarbain chiqarmoq"deyilgan.
Xilvat va uzlat masalasidagi zamonaviy fikr- qarashlar ham juda tor, sayoz va halatdir. Din va tasavvuf hech qachon butun hayotni xilvatda o’tkazishni targ’ib etmagan. Uzlat — hayotdan qochish , turmushdan ajralish odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat "œkasbi kamol va sayri jamol " aylagach, ruhiy shavq va kamolot ila yana faoliyatda bo’lmoqdir. Xilvat sharti bo’yicha inson tanholik go’shasiga berkinarkan,u"Boshqalar mening yomonlik va gunohimdan halos bo’lsinlar", deya niyat qilmog’i shart sanalgan . Buning aksini o’ylab,"Men odamlarning sharorat va gunohlaridan emin bo’lurman",degan fikrda bo’lsa, u kibru havoga yo’l qo’ygan sanaladi. Xilvatdan ko’zda tutilgan asosiy muddao va xilvatning foydalari haqida juda ko’p mulohazalar aytilgan. Lekin hamma olimu allomalar ham uzlatning afzalligini yoqlamaganlar. Xoja Orif Revgariy esa uzlatni maqbul ko’rgan So’fiyon Savriy, Ibrohim Atham , Bashir al-Xofiyga o’xshash mashoyixlarning qarashlarini qo’llab- quvvatlagan:
- Ey solik! Hazrati Umar "œUzlatdan nasibingizni olingiz!" ,demishlar. Uzlatdan benasib qolmag’aysen. Inson farzandi qanoat etsa-badavlat bo’lur. Hasad va xasislikning qutilsa —muruvvati oshkor bo’lg’ay. Uzlat ixtiyor etsa —farog’at topur. Xilvat-aqlga quvvat, ko’ngilga osoyish berur. Xilvat qilsang har turli hojatsiz mashg’uliyatlardan qutulursan. Dunyoning makru hiylalari noraso xaloyiqning g’iybatu adovatlaridin emin bo’lursen. Mashoyixlarning : "œAxmoq bir kimsadin uzoq bo’lmoq,Olloh toologa yaqinlashmoqdir ", degan so’zlarini yodda saqla! Zarurat bo’lmasa jamoat birla o’tirma. Uzlat eshigini ochsang, dahri bemanining eshigi sen uchun yopilur. Tariqat xilvati qoidalariga to’lig’ rioya qil-ruhing Arshga yuksalg’ay"¦