Malika so’radi: Necha odamni suvrati mubaddal bo’ldi(o’zgardi)?
Donishmand aytdi: O’n jonni suvrati mubaddal bo’ldi: avvali — tulki, 2. Maymun 3. Mushuk 4. To’ng’iz 5. It 6.Bo’ri 7.Xachir 8.Ayiq 9.Fil 10.Parasat
Malika so’radi: O’n jonni suvrati nima uchun mubaddal bo’ldi?
Donishmand aytdi: Tulki odam edi, onasi namoz o’;qib turganda qo’lini andomiga suqdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Mushuk dukchi edi, Hazrat Momoga duk beray deb oltin oldi, duk bermadi, suvrati mubaddal bo’ldi. Maymun xotin edi, hayzi nifosni bilmadi, suvrati mubaddal bo’ldi. To’ng’iz odam edi, onhazrat Muhammad SAVni davrida bir nimarsani ziyoda olib, bahosini kam berdi. Ziyoda olmadim deb ont ichdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Bo’ri odam edi, Bani Isroyilni haromzoda dedi, suvrati mubaddal bo’ldi. It odam edi, tarozini kam tutdi, suvrati mubaddal bo’ldi. Xachir vofurush edi (gazlama sotuvchi) Uzun gazdan olib, kalta-qisqa gazda sotdi. Suvrati mubaddal bo’ldi. Fil odam edi, chohar poyda turib namoz o’qidi, suvrati mubaddal bo’ldi.
Malika so’;radi: Kambag’alni it ko’rsa qopar, boyni qopmas, sababi nima?
Donishmand aytdi: It harom yeydur, sudxo’r boy ham pulni sudga berib harom yeydir. Faqirlar halol yeydur, ani uchun boyni it qopmas! Bu hadis mazmuni bilakim: "œQolan nabiyu alayhis salomu ad dunyo jonfatun va taolib buha kilobun", ya’ni dunyo najosdur, ani talab qilguvchi itdur, aning uchun it boyni qopmaydur.
Malika so’radi: Farishtalar erkakmi, yoki urg’ochi?
Donishmand aytdi: Erkak yo urg’ochi deyish kofirlikdur!
Malika so’radi: Sen kimni avlodidin erursan/
Donishmand aytdi: Hazrati Umarni o’n birinchi (avlodi erurman) nabirasi erurman.
Donishmand so’radi: Ey Malika, kimni avlodidin erursan?
Malika aytdi: Hazrat Iskandarni avlodidin erurman.
Malika darhol turib-qo’pib: Barokalloh Donishmand, seni ustozingni va avlodingni Xudo rahmat qilsin! Senga o’zimni bag’ishladim deb taxtdin tushib, podshohlik tojini kiygizdi va yaxshi sarpolar kiygizib, taxtga chiqarib o’lturguzdi.
Andin keyin Rum shahrini amiru umaro, fuzalo, ashraf va ulamo oqsoqollarini jam’i qilib, hammalariga sarpo kiygizib, o’zini Donishmandga aqd qildirdi. Andin keyin naqaro karnay qilib, olti oygacha Rum ahliga osh berdi. Bular murodiga yetib, ayshu ishratga mashg’ul bo’ldilar. Xolo xalifayi Rum bularni avlodidandur.
Vallohu a’lam bissavob!