Duo
"œEy Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug’ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg’ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo’lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so’ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!".
Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko’zni oydin etajaging va o’zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!
Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!
Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg’ambarlarning mezonidan og’ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!
Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo’lmasdan, razil bo’lmasdan, pushaymon bo’lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo’lini o’zgartirmasdan, o’zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.
Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so’ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag’firat tilayman.