Ming bor uzr, shu yerda biroz fikrimni aytib o'tsam men ham.
Menimcha ham o'qigan odam shunday (Chehmik aytgan) mulohaza keladigan qilib qo'yibsiz. Admin.lik juda og'ir ish, moderlik ham, buni yaxshi tushunaman. Sizning bu ziyoga to'la saytda olib borayotgan ishingizning nechog'li ulkanligini, ulug'ligini qadrlagan holda bir mulohazani aytishga jur'at etdim. Buni ayniqsa moderatorlar zinhor ko'zdan qochirmasliklari lozim. Ko'pincha (balki har doim) masalaga kishi o'zining mavqeidan emas, balki har bir userning joyidan, uning o'rnidan qarashga to'g'ri keladi, toki biror userni noto'g'ri anglab, noto'g'ri xulosa chiqarib qo'ymaslik, binobarin, noto'g'ri hukm chiqarib qo'ymaslik uchun. Bunday paytda forumda yozilgan qoidalar va bu boradagi shar'iy ahkomlarning taqozosidan tashqari, bu holga olib kelgan omillar, motivlar har jihatdan, shuningdek, har bir (bu muammoda ishtirok etgan) user yaxshi o'rganilishi juda zarur. Buni shariat usulida (usulul fiqhda) "tanqihul manot" deb ataydilar, ana undan keyin masalaning "tahqiqul manoti" chiqarilib, bir hukmga kelinadi. Buni men aytguncha ham shu paytga qadar qilib kelganingizga ushbu saytning gurkirashiyoq, shu zebo holatida turganiyoq bildirib turibdi, sizdan Alloh rozi bo'lsin. Lekin ayni mana shu muammoda ba'zi yengil chalg'ish bordek tuyulayapti. Har holda bu mening shaxsiy mulohazalarim edi, yana Alloh biladi.