Mutakallimlar, kalom ilmi farzi ayn, zero, u bilan tavhid, Allohning zoti va sifatlari o‘rganiladi, deydilar.
Fuqaholar fiqh ilmini farzi ayn bilishadi. Zero, fiqh bilan ibodatlar, haromu halol va boshqa muammolardagi harom-halol ham bilinadi, deydilar.
Mufassir va muhaddislar esa, barcha ilmlarning asosi bo‘lgan Qur’on va sunnat ilmini farzi ayn sanashadi.
Mutasavviflar, farzi ayn tasavvuf ilmi, deb da’vo qilishadi. Ular bu masalada bir necha qismga bo‘linadilar. Ba’zilari banda Alloh azza va jalla huzurida turishni bilishi farzi ayn, desa, ayrimlari, ixlos va nafs ofatlarini bilish, insondagi malakiy va shaytoniy nasibani ajrata olish ilmi, deydi. Ba’zi tasavvuf olimlari, u botin ilmi bo‘lib, layoqati bor kishilarga xosdir, deyishadi. Ular farzi ayn lafzini umumiylikdan chiqarib, xos ma’noga burganlar.