Urushi olamga taralgan yurak,
Shaklini yo’qotib, buralgan yurak,
Bedor kechalardan nur olgan yurak
Qatra mehrlardan yaralgan yurak,
Seni ko’rsaydi"¦
Har kuni yod etib, qalbing shod etib,
O’zi-chi, dod etib, ham faryod etib,
Labga kulgu, lekin dil barbod etib
So’ngsiz xijronlardan ezilgan yurak"¦
Zumga tinsaydi"¦
Ko’ngil iliqlikka moyil bir damda,
Orzular tugamas ekan odamda.
Hikmatni qidirib har bir qadamda
Olam havaslarga burkangan yurak.
Yo’lin topsaydi"¦
Chap tomonim senga ko’proq intizor,
Rasmingga termulish qilmayapti kor.
Har tongda duodan bo’lib umidvor.
Mitti umidlarga o’rangan yurak
Ilinj istaydi"¦
Choklari sitilgan"¦ Ko’rkam zohiri,
Mengayam ayonmas ko’ksimning siri"¦
Ko’z tikib, intiqib, yig’lab oxiri,
O’zi ham sog’inchga aylangan yurak"¦
Visol qo’msaydi"¦
Ko’nglim nimtalangan — shundan kulmayman,
Yo gullab ketmayman va yo so’lmayman"¦
So’nggi oylar ichra,
nega bimayman —
Yarmini behosdan yo’qotgan yurak,
Yarmin tusaydi"¦
Sen bularni bilarmikinsan?
(c)