Bu mavzuni o'qib rosa kuldim. İlgarigi a'zolarni ichida chetda yurganlar (asosan talaba deb o'yladim) ancha-muncha ekan. Menga shunday tuyulyabdimi yoki shundaymi xozir chet elda o'qiydigan talabalar forumga uncha kirishmaydi. Kirishsa ham yozishmaydimi, yoki? ChehMikdan tashqarisi tabii
Muhammadiyni taniyman birgina, u kishiyam darslaridan ortib kira olmayabdilar shekilli.
Mahzunabonu ham 2008 chi yildan beri kirmagan ekanlar.
Bu mavzuga yozganlarning 1-2 tasi tashqari hech kim yo'q....
Hammani va hamma narsani o'z vaqti bo'ladi, deyishadi-yu.
Qayerda bo'lishsa ham sog'-salomat, Allohni panohida bo'lishsin.
Ha bu orada, Turkiya rasmlarni men bu mavzuni oldin ko'rmaganim uchun "Bizning fotogallereya" mavzusiga joylayman doim. Qiziqqanlar bo'lsa bemalol ko'chirib olishlari ham mumkin