Boshimdagi tojim - onam!  ( 93266 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


UzMuslim  25 Sentyabr 2010, 20:50:38

Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod -faryod
Tushun axir ota-onang g`animat

Qayd etilgan


yoqutxon  25 Sentyabr 2010, 23:14:40

ONAM

Men nima topibman,dunyoga kelib?
Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz.
Ko'z-ko'z qilmoqlikka,maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz!

Oftobim onama,oyim onama,
Nomusim onama,orim onama!

Bedor o'tqazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi.
Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi,
Sizga fido bo'lsin,jonim onama!

Oftobim onama,oyim onama,
Dardlarim oqizar,soyim onama!

Sizdan boshqa xarkim aldagani rost,
Alam quzg'un bo'lib talagani rost.
Yer bosib yuribman,osmonni ko'rib,
Sizni duoingiz asragani rost!

Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo'ydim.
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam!
Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi.
Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?

Onamsan! Onamsan! Qalbimni mehringga to'ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat!
O,munosib kuyching bo'lish mushkildir.
Seni kuylamaslik esa jinoyat!!!

Qayd etilgan


yoqutxon  25 Sentyabr 2010, 23:52:17

Barcha onalarga


Qayd etilgan


Robiya  03 Oktyabr 2010, 14:45:05

:as:

IKKI QO‘RG‘ON

Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.

Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.

Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.

Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.


Guljamol Asqarova

Qayd etilgan


AL_laziz87  03 Oktyabr 2010, 15:46:22

Ey Ona! Mexring bilan doim meni oldimdasan.
Zaxmat chekib uf tortsam boshimda sen parvonasan.

-Do'stlariga qo'ng'iroq qilishga vaqt topib, bir kunda bir bor Onasiga qo'ng'iroq qilishga vaqti yo'q o'g'ilidan xafa bo'lmaydigan Ona -Bu mening Onam.
-Yarim kechasi uyga kelganimda meni uxlamay kutib o'tiradigan mushtipor Onam.
-Ishlarib ko'payib ketdi deb yolg'on gapirsam ishonadigan sodda Onam.
Siz men uchun eng aziz, eng mexribon, eng qadrdon va eng chiroyli Insondursiz. Men sizni juda xam yaxshi ko'raman.

Onani xurmat qiling ko'nglida g'am bo'lmasin,
Ko'ngliga g'ashlik tushub ko'zida nam bo'lmasin.




Qayd etilgan


yoqutxon  05 Oktyabr 2010, 07:16:16

Farishta
Rivoyat qilishlaricha dunyoga kelishga tayyorlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so'radi.
-Ey Ollohim  meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi.Ammo u yerda qanday yashayman. Hali juda kichik va kuchsiz bo'lsam?.......
- Qo'rqma- degan javob bo'ldi unga- Farishtalarimdan biri har doim yoningda bo'ladi, u seni yahshi ko'radi asraydi avaylaydi. Uning kuchli muhabbatini doimo his qilasan va bu bilan baxtli bo'lasan.
-Lekin insonlar menga gapirishsa qanday tushunaman, axir tillarini bilmaymanku?
- Yoningdagi farishtang dunyodagi eng go'zal tillarni senga sabr toqat va muhabbat ila o'rgatadi.
- Agar sen bilan gaplashishni istasamchi unda nima qilaman?
- Farishtang qo'llaringni ochib menga duo qilishni o'rgatadi.
-Ammo dunyoda yomon insonlar ham bor deb eshitdim, ularning yomonligidan meni kim qutqaradi?
-Farishtang to yoningda ekan ulardan seni asrashga intiladi.
- Hammasi yahshi ku.....faqat seni ko'ra olmasligimdan maxzunman.......
- G'am yema farishtang men haqimda gapirib beradi va menga yetishish yo'llarini o'rgatadi.
  Chaqaloq yorug' dunyoga ketishga chog'lanarkan, qalbidagi eng so'ngi savolga ham javob olishga intildi.
- Ollohim farishtamning ismi nima?
-Farishtangning ismini bilishing shart emas. Sen uni "onajon" deb chqirasan..................
                                                Ifron taqvimidan olindi
Mana shu rivoyatni o'qib beihtiyor onajonim, farishtaginam ko'z oldimga keldi.

Qayd etilgan


Shukrona  05 Oktyabr 2010, 08:52:13

Assalomu alaykum.
Bismillahir Rohmanir Rohim.

"Biz insonni ota - onasiga yaxshilik qilishga buyurdik"."Ahkof" surasi, 15-oyat.

Ali(k.v.) Rasulalloh (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar."Har qachon ota-ona farzandini chaqirgan vaqtda,farzand hamma ishini darhol tashlab,ularning oldiga borib,aytganlarini jonu dildan ado etsin.Agar beparvolik bilan ularning buyurganini qilmasa,men unday ummatdan bezorman".

Qayd etilgan


Shukrona  05 Oktyabr 2010, 08:58:11

Allohim barchamizga ota-onamizni rozi qilib yurishni nasib etsin :amn:
Mehribon onajonlarimizga:

Qayd etilgan


Hadija  08 Oktyabr 2010, 13:50:54

Onangizni rozi qila olyapsizmi?

Ayrim paytlarda onamizga bo’lgan haqiqiy munosabatni aniqlashimiz uchun o’z-o’zimizga ayrim savollarni berishimiz lozim. Quyida shunday savollar keltirilgan:

Oxirgi marta qachon o’z onangizni ziyorat qildingiz?
Onangiz siz bilan baxtli deb o’ylaysizmi?
Onangiz sizga murojaat qilganida, "œUff!" deganmisiz?


 
Parvardigoringiz, Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) yoki har ikkisi sening qo’l ostingda kesalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor bo’l va "œParvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab-o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil)! Qur’on 17:23-24

 
Onangiz nimani haqiqatan istayotganligini bilasizmi?
Onangizning onalari haqida qancha ma’lumot bilasiz?
Onangiz siz qilishizni istaydigan besh narsa nima bo’lishi mumkin?



Abdulloh ibn Amr Payg’ambarimizdan s.a.v. rivoyat qiladiki, u zot alayhissalom dedi: "œAllohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo’lish, odam o’ldirish va yolg’on guvohlik berish katta gunohlardandir".
(Buxoriy, Muslim)

Onangizni hafa yoki hursand qiladigan 3 narsa nima?
Onangiz bilan har kuni necha daqiqa "œhaqiqiy" suhbat qilasiz?
Oxirgi marta qachon onangiz uchun taom tayoorlagansiz?
Qachon oxirgi marta onangizga sovg’a hadya qildingiz?



Oisha r.a. rivoyat qiladilarki, Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki: "œBir biringiz bilan sovg’a almashinglar, ular dildagi yomon tuyg’ularni ketkazadi"
(Termiziy)



Qancha savolga ijobiy javob bera oldingiz? Vaqtni bekor sarflamasdan, ularni oldilariga boring, ko’ngillariga hush yoquvchi ishlarni qilib, duolarini oling.


"œEndi onajonim hayot emas, bu savollardan nima foyda?" deysizmi? Ular uchun Qur’on tilovat qiling, ularni do’t-birodarlarini ziyorat qiling, o’z onangizni ko’rgandek bo’lasiz. Alloh sizdan rozi bo’lsin!
[/color]

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2010, 09:47:08

Onamga deb"¦

Bozorlardan savdo qildim bolamga deb,
Shirinlig-u novvot oldim bolamga deb,
Go’zal gullar, sarpo oldim yorimga deb,
Men bag’ri tosh nima oldim Onamga deb?!
Farzand bo’lib nima oldim Onamga deb?!
Hokisorim, mehribonim Onamga deb,
Yolg’izgina g’amgizorim Onamga deb"¦

Hashamatli uylar qurdim bolam uchun,
Dabdabali to’ylar qildim bolam uchun,
Oyog’osti qo’ylar so’ydim kimlar uchun?!
Farzand bo’lib nima qildim Onam uchun?!
Men bag’ritosh nima qildim Onam uchun?!
Hokisorim, g’amgizorim Onam uchun,
Yolg’izgina duogo’yim Onam uchun"¦

O’zi yemay yedirgan ham Onam edi,
O’zi kiymay kiydirgan ham Onam edi,
Yo’llarimga ko’z tutgan ham Onam edi,
Qo’lin ochib duo qilgan Onam edi,
Bu dunyoda chin do’stim ham Onam edi,
Yolg’izgina chin do’stim ham Onam edi,
Men bag’ri tosh nima qildim Onamga deb,
Yolg’izgina duogo’yim Onamga deb,

Hashamatli uylar qurdim bolamga deb,
Dabdabali to’ylar qildim bolamga deb,
Oyog’osti qo’ylar so’ydim kimlarga deb?!
Farzand bo’lib nima qildim Onamga deb?!
Men notovon nima qildim Onamga deb?!
Hokisorim, mehribonim Onamga deb,
Yolg’izgina, qadrdonim Onamga deb!...

Isoqjon"¦

Qayd etilgan