12. An-Nur. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni
"œNur" deb atadi:
قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ
«Allohdan sizlarga Nur va Ravshan Kitob keldi».
(Moida, 15)فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالنُّورِ الَّذِي أَنْزَلْنَا وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
«Bas, sizlar Allohga, Uning rasuliga va Biz nozil qilgan Nur (Qur’on)ga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». (Tag‘obun, 8-oyat )Birinchi oyatda Alloh Ta’olo «Ahli kitoblar»ga xitob qilib, ularga yuborgan Tavrot va Injiln
«Nur» deb atasa, ikkinchi oyati karimada Qur’oni Karimni
«Nur» deb ataydi.
Buning birinchi sababi Qur’onga amal qilib hayot kechiradigan insonning hayot yo‘li ravshan, kelajagi munavvar, yashashdan ham aniq maqsadi bor, oxiratning ne’matlaridan ham umidvordir. U nima ishni qilsa, omadi yurishishini, obro‘si oshishini biladi va shunga muvofiq ish qiladi.
Ikkinchidan, Qur’on kitobidan yoki Qur’on oyatlari yozilgan har qanday buyum, qog‘oz va boshqa narsalardan nur chiqib turishi olimlar tomonidan isbotlangan.