— Bandalarning hamma harakat va turish fe’llari haqiqatda ularning kasbidir. Ularning yaratuvchisi Alloh taolodir. Ularning hammasi Allohning xohishi, ilmi va qazoyu qadari bilan sodir bo‘ladi. Toatlarning hammasi Allohning amri, muhabbati, roziligi, ilmi va qazoyu qadari bilan ro‘y beradi. Gunohlarning hammasi Allohning ilmi, qazoyu qadari va xohishi bilan voqe’ bo‘ladi, ammo Allohning amri, roziligi va muhabbati bilan bo‘lmaydi.
Hamma payg‘ambarlar, alayhimussalotu va sallam, katta va kichik gunohlardan va kufrdan asralgandirlar. Goho ularning ba’zilaridan yanglishishlar sodir bo‘lgan. Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, Allohning habibi, xos bandasi, rasuli, payg‘ambari, tanlag‘anidir. Butga sig‘inmaganlar, Alloq taologa aslo shirk keltirmaganlar, kichik va katta gunohni hech qilmaganlar.