Shivirlab aytasiz:
"œKechir yaxshi qol"¦
Bir bo`lmas taqdirlar qismati — ayro"
Bedil ko`ksingizni etdimi hushhol,
mening yuragimning bo`lgani vayron?!
Qayrilib, ketasiz"¦
Hammasi tamom.
Sochilar — singan ul ilinjlar uvol"¦
Yo`q bo`lib ketardim,
bilganim hamon-
Dunyoda borligim kelganin malol...
Urilib ketadi toshlarga boshim,
Tikanlar sanchilar ortimga qaytsam.
Toqat qilolmasa so`qir bardoshim,
Maylimi, so`nggi bor ismingiz aytsam?..
Hayrlar-
Gulbargga o`ralglan vido.
Ayriliq-
Sevgiga tutilgan og`u"¦
Ko`nglida ko`zlarim ko`rgandim, Xudo!
Ko`ksimda ko`nglini ko`rmadi, yohu!..
Uzilib boradi-
Rishtalar behol.
Uzoqlab ketadi qadamlar ayro.
Ayting, ko`nglingizni qildimi hushhol,
Mening yuragimning bo`lgani vayron?!
Shivirlab aytasiz:
Kechir.
Yaxshi qol"¦