Nazifa Anne, yo'g'ey Kapalakxon agar sir bo'lmasa,
Ömer Baba bilan qanday tanishgansiz? Rahmat...
V.assalom. Men xabaringiz bor, İstambulda o'qidim va İstambul Valiligida (hokimiyati) O'zbekistonlik talabalar boshlig'i edim. Bizni orada Vatanimizni tanitish uchun turfa xil programmalarimiz bo'lardi. Bir hafta ohirida yana O'zbekiston bilan bog'liq stendda edim. Umarbey ham İstambulda, o'qishda ekanlar va o'qishdan hafta ohiri 2 kun tashqariga chiqish uchun ruhsat berisharkan. O'rtoqlari bilan aylanishib bizni programma bo'layotgan joyga kelishadi. Butun dunyodan kelgan talabalar bilan bog'liq programma borligini eshitganlari uchun qiziqib kelishadi va O'rta Osiyoni qidirishadi. Oiladan boshlangan O'rta Osiyo hasrati u kishiga ham o'tgan ekan. Universitet yillarida O'rta Osiyo, deb yarim kechalarigacha suhbat etishar, bazan yig'lashar ekan...Balki bazilariga qiziq tuyular, lekin qaynotamlar ham vaqtida Turkiston tuproqlari mustaqil bo'lsin, deb 1975-1980 chi yillarda juda ko'plab namoyishlar o'tkazishgan ekan.
Hullas, bizni stendga yaqinlashib, O'zbekiston bilan bog'liq har xil kitoblar, jurnallar, choynak-piyolalarimizga qiziqib qarashadi. Menga har xil savollar berishdi, O'zbekistonga qanday borsak bo'ladi? Men ham viza, pasport haqida javoblar berdim.
O'lka tanituvchilarini ma'lumotlari kichkina broshyurada berilgandi. Albatta mail adreslar ham. Umarbek menga mail yozdilar, 2 yilga yaqin maktublashdik. Keyin taqdir nasib ekan, turmush qurdik.
U kishi ichki ishlar hodimi bo'lganliklari uchun avvalo Davlatlarimizdan bir-birimizni "so'radik"
6 oyga yaqin hujjatlarni ichida ko'mildik, sochlarimizga oq tushdi, desam mubolag'a bo'lmas...
Rabbimga shukrlar bo'lsin, xozir baxtlimiz, bir-birimizga hech baqirmadik, chunki bir-birimizga osonlik bilan qovushmadik...