Qaynotam (Alloh dadamizga doimo sog'liq-sihhat bersin iloyim) o'qituvchilar. Bu yil 2-chi sinfga o'tdi, o'tgan yilgi 1-chilari:)
Orada maktabdagi qiziq voqealardan gapirib beradilar.
O'tgan hafta darsda o'quvchilaridan "Tejamkorlik" nima, deb so'rabdilar.
O'g'il bolalardan biri o'rnidan turib: "Ustoz, meni onam judayam tejamkor, chunki uyga nima kerak bo'lsa bozordan oladi, bir narsa olayotganda esa albatta savdolashadi. Dadam esa onamni teskarisi, domimizga tutash do'kondan kerakli narsalarni shu-shu deb, narhigayam qaramay olib kelaveradi", debdi:)
Qaynotam "hayron qoldim", dedilar. Menimchayam 7 yoshli bolani (Turkiyada 1-chi sinfga 6 yoshdan boshlashadi) aqliga hayron qolish kerak