"Maklube" taomi.  ( 2885 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:56:32

Maklube




Masalliqlar


1. 500 gr to'g'ralgan go'sht
2. 2 stakan guruch (300 gr-ga yaqin)
3. 2 dona kartoshka
4. 1 qoshiq saryog'
5. keragicha tuz

Tayyorlanishi:

Chuqur qozonda go'shtlarni yaxshilab qovuring.





Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:56:59

Go'shtlarni qozondan olmasdan ustiga yuvilgan guruchni yarimini soling.




Halqa-halqa kesilib, yog'da qizartirilgan kartoshkani guruchni ustini qoplaydigan shaklda terib chiqing.



Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:57:15

Ustiga qolgan guruchni solib, tekislang. 1 qoshiq saryog'ni mayda bo'laklar holida guruchlarnin ustiga soling.



Tuzini ham soling va guruchlarni ustidan 3-4 sm yuqorida qaynagan suv soling va qozonni qopqog'ini yoping.

Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:57:44

Qozonni kavlamasdan past olovda taomni pishiring. Osh pishgandan keyin katta idishga (rasmga ko'rganingizday) go'shtlar yuqoriga keladigan shaklda qozonni to'ntaring.



Hoxlasangiz kartoshkani eng ustiga qo'yishingiz mumkin.

Katta idishga solgandan keyin salat va qatiq bilan bezashingiz mumkin....

Osh bo'lsin : )



rasm manbasi http://www.oktayustam.com/site/

Qayd etilgan