Kazandibi (qozon tubi) shirinligi.  ( 3049 marta o'qilgan) Chop etish

1 B



Ansora  26 Fevral 2012, 12:49:19

Bu shirinlikning bunday atalishiga sabab, masalliqning tag qismining biroz yonishidir.

Masalliqlar:

1 litr sut
2 qoshiq un
2 qoshiq kraxmal
2 qoshiq guruch uni
1 stakan (200 gr) shakar
bir tutam tuz
4 qoshiq shakar pudrasi

Tayyorlanishi:

Un, kraxmal va guruch unini chuqurroq bir idishda aralashtiring. Ichiga 1 stakan sut quyib, yaxshilab aralashtiring, mayin bolsin. Qozonga qolgan sut, shakar va tuzni solib ar superlashtiring. Orta olovda tohtamay aralashtirib, qorishimni tayyorlang. Qaynab chiqqandan keyin olovdan oling. Orta kattalikdagi tovaning tagiga pudra shakari seping. Ustiga sutli qorishimni tokib, yoying. Tovani orta olovda hamma tarafini aylantirib pishiring. Shakar pudrasi erib, qorishim qattiqlashadi va biroz kuyadi. Hamma tarafini pishirib bolgandan keyin xona haroratida 3-4 soat sovuting, agar vaqtingiz bolsa 1 kun muzlatgichda yaxshilab sovuting. (albatta avval xona haroratida sovusin, yoki kattaroq idishni ichiga suv solib, tovani kommaydigan shaklda sovutishingiz ham mumkin)
Ertasi kuni yoki bir necha soatdan keyin videoda korganingizday kesib, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan