Assalomu alaykum.
Bu mavzuda tilga olingan masalani butun kelinlar eshitgan,desam adashmayman.
Chunki albatta yo qaynonasi, yoki o'z onasi, yaqinlaridagi yoshi kattaroq ayollar buni aytib o'tishadi.
Yaqinda dugonamni onasi kelgandi. "Qizim, - dedilar, -kiringizni mashina yuvsa, idish tovog'ingizni mashina yuvsa, uyingizni mashina supirsa, sizga nima ish qoldi, nimaga haliyam hamma narsaga vaqt topa olmaysiz?"
Men bu savolni ilgari ham eshitganim uchun faqat kulimsiradim. Birgina aytgan gapim shu bo'ldi: "Xola, xozirgi paytda stres judayam ko'p, bu bizni eng katta dushmanimiz"
Xo'sh, siz bu mavzuda nima deysiz?
Onalarimiz bir vaqtlar 6-7 bola bilan, tandirda non yopib, uzoqdan suv tashib bizlarni katta qilarkanlar, nima uchun biz xozirgi kunda 1-2 bola bilan darrov charchab qolyabmiz?
Mavzu bir-birimizga hurmat doirasida tortishuv uchun hammaga ochiq:)
Marhamat!