Iqtisod maydonidan tashqarida...
O'yin tugaganiga 15 minut bo'ldi.
Barca kuchli. Lekin Real baribir Real.
Bugun Real himoyasiga nima deyish mumkin....
1) albatta, o'sha Higuain urgan gol... Ronaldo qoida buzganmish...heh )) Hakam bu qarori uchun bolalar futbolini olib borishga yo'l oladi...
2) Adebayor...unga maydonda nima bor? Xuddi Mourinoning qarshiligiga qaramasdan, Peres Adebayorni sotib olgan-u, hamma o'yinda Jose Peresga "mana qarab qo'y, sen sotib olgan o'yinchining ahvoli" degandek, zaxiradan tushiradigandek. Adebayor ham doimo ishonchni oqlaydi - to'psiz yugurib yurish va o'yinchilarni betiga urish bilan ovora
3) birinchi o'yin - Pepega ko'rsatilgan qizil. Alves oyog'ini chiroyli tarzda otib yubordi.. qoyil... Unaqa 'jonsiz' yotishdan so'ng, yana bir taym hech narsa ko'rmagandek o'ynab bersih - bu haqiqiy 'mardonavor' ish bo'lgandi. Ana shu ikki to'p o'yin taqdirini hal qilib bo'lgandi.
3) Casillas, Marcelo - hamma o'yinchilar shu ikkisi kabi jon kuydirib o'ynaganda, Barcani holiga Adebayorlar yig'larmidi...
4) Messi ... messisiz barcelona - ...o'qsiz miltiq, otishi mumkin - faqat yilda bir marotaba
5) Cristiano yoki Messi, albatta Messi...kuchli...lekin baribir Ronaldo bu....Ronaldo
6) Barcaga o'xshab orqaga 80 marta oshirib, kerakmas paytda ham to'pni olib ikki-uch o'yinchi "kvadrat" o'ynagan holda yutganda Realga ham qiziqishim qolmasdi
ha mayli, Barca yutdi, blankos yutqazdi. Haqiqatdanam Barca kuchli, finalda ham yutsa kerak.
lekin biz hali qo'shin to'plab kelamiz, hali hammasiga ko'rsatib qo'yamiz...