Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko’pchilik bilan suhbatlashib turgan edilar. Bir kishi qoshlariga kelib salom bergach: "œIymon nadur?" — deb so’radi. "œIymon Ollohga, uning maloiklariga, payg’ambarlarning haq ekanligiga, Ollohni qiyomat kunida ko’rishga, o’lgandan keyin tirilishga ishonmog’ingdur",- dedilar. "œIslom nadur?" dedi. "œIslom Ollohga (shirk keltirmasdan) ibodat qilmog’ing, besh vaqt namoz o’qimog’ing, farz zakotini bermog’ing va Ramazon ro’zasini tutmog’ingdur",- deb javob qildilar. "œEhson nadur?" —dedi. "œOllohga uni ko’rib turganingdek ibodat qilmog’ingdir. Agar sen ko’rmayotgan bo’lsang, u seni ko’rib turibdi", - dedilar. "œQiyomat qachondur?" — deb so’radi. "œSo’ralayotgan kishi so’raguvchidan ortiq bilmaydi, biroq alomatlarini aytib beray, ular quyidagichadur: xotinlar o’z egalarini tug’adiganbo’lganda (bolalar ota-onalariga xo’jayin bo’lib, ularning dilini og’rita boshlaganda), tuyaboqar cho’ponlar baland-baland imorat sola boshlaganda. 5 ta g’oyibiy (sir) narsa bor, uni faqat Olloh bilur, ulardan bittasi — qiyomatning qachon bo’lmog’idur" — deb o’sha mamundagi oyati karimani o’qidilar. Keyin, haligi kishi qaytib ketdi. Rasululloh dedilar: "œQaytaringlar haligi kishini (sahobalar tushunsinlar deb shunday qildilar!)" Orqasidan chiqib, topmadilar. Rasululloh dedilar: "œBu Jabroildur, sizlarga diningizni o’rgatgani kelgandur." Imom Buxoriy aytadilar: "œRasululloh sallallohu alayhi va sallam yuqoridagi hamma narsalarni iymondan deb hisobladilar".