Alloh rozi bo'lsin bu tadbirni boshlaganlardan.
Bu haqida qizlar bilan "Muslima" bo'limida gaplashdik. Alloh qodir qilganicha o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman. Faqat sizlardan iltimos, qachonligini aniq aytib, pishirgan narsalarni kimga, soat nechchida yetkazishimizni aytsangizlar. Shunga qarab harakat qilardim,INshaAlloh.
wa alaykum assalam!
Kuni hali aniq emasu, ammo mani ojizona fikrimcha, dushanba kunga mo"ljanlansa kerak, chunki, shanba va yakshanba kunlari
"
Qurbonlik-1430" tadbirini o'tkazishsa kerak...
Pishiriqlani yetkazishni ikkita yo'li bor, birinchisi hohlovchilar o'z pishiriqlarini 2-nogiron bolalar uyiga o'zlari olib kelishlari mumkin, shu bahonada vaziyatni o'z ko'zlari bilan ko'rishadi. yoki biron bir kemoqchi bo'lgan tanish forumdosh(ka)dan berib yuborishadi...
Ikkinchisi, pishiriqlani, pishirib imkon qadar bir joyga yig'ilishsa, kelishda bolalar yo'l yo'lakay olib kelishadi..