Assalomu alaykum!
Yoz kunlari. Ayni jazirama pallasi. Tashqariga 45 gradus issiq. Quyosh tushgan joylarda, avtobuslarda bu ko'rsatgich 50 gradusga yetadi.
Hamma issiqdan loxas bo'ladi. Hamma issiqqa qarshi chora qidiradi...
Ko'pchilikning birinchi chorasi ... kiyimida ko'rinadi...
Ko'chaga chiqib ... yurib bo'lmaydigan bo'lib qoldi. Qayerga qaramang, do'zaxdagi azobdan qo'rqmaydigan ayollarning holatiga ko'zingiz tushadi...
Allohga istig'for aytgancha, o'zimni yelpib ketib boraman. Avtobusda emasmanmi, transportning issig'i, ko'pchilikdan yuzaga keladigan issiq, tashqaridagi havo... chidab bo'lmaydi. Shu payt transportga bir muslima opamiz chiqdilar.
Shartta ularning oldilariga borib, "Rahmat, opajon sizga, shunaqa jaziramada, shunaqa holatda ham o'zligingizni yo'qotmaganingiz uchun, Allohim buyurib qo'ygan chiziqdan chiqmaganingiz uchun. Issiq bo'lsa-da, nafasingiz qissa-da, hammasiga Alloh uchun sabr qilganingiz uchun tashakkur! Zero, Allohning do'zaxi bundan-da jaziramaroq. Allohim sizdan rozi bo'lsin! Rahmat, sizga, bizni asraganingiz uchun, bizni hurmat qilganingiz uchun" degim keldi-yu, uyaldim ulardan. Lekin baribir tashakkur aytaman.
Tashakkur sizlarga mening opa-singillarim! Allohimning amrini har qanday holatda malol olmay bajarganingiz uchun, oilangizni, biz erkaklarni asraganingiz uchun!
Alloh sizlardan rozi bo'lsin! Siz kabilarning qalblaridagi ezgu niyatlariga yetishtirsin! Sizdeklar ko'paysin. Ko'payaversin! Sizlarni judayam hurmat qilaman!